Pak Gvan Ok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pak Gvan Ok
Tavalludi 1922-yil
Xabarovsk, Samir qishlogʻi
Vafoti Aniq emas
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Pak Gvan Ok (1922-yil, Xabarovsk, Samir qishlogʻi – nomaʼlum[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Budyonniy kolxozi aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949-yil 18-may)[2].

Pak Gvan Ok 1922-yilda Xabarovsk oʻlkasi hududidagi Samir qishlogʻida (boshqa maʼlumotlarga koʻra Krasnaya Rechka qishlogʻida) tugʻilgan[3]. Millati koreys.

1937-yil kuzida yapon militaristlarining Xitoyga bostirib kirishi natijasida. SSSR hukumati Rossiyaning Uzoq Sharq oʻlkasi hududidagi aholini boshqa hududlarga koʻchira boshlaydi. Jumladan Pak Gvan Ok ham 1937-yilda oʻz qishlogʻidagi boshqa koreyslar bilan birgalikda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumaniga koʻchirilgan[3].

Oʻzbekiston SSRga koʻchirilgach dastlab Budyonniy (1962-yildan „Kommunizm tongi“ deb nomlangan) nomidagi kolxozda dala ishchisi, keyin brigada aʼzosi boʻlib ishlagan[3].

Pak Gvan Ok jamoasi 1948-yilda 5 gektar yerning har gektaridan oʻrtacha 86,6 sentnerdan sholi oldi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan[3][4].

1980-yilda Butunittifoq sotsialistik tanlovidagi ishtiroki hamda Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida erishgan yutuqlari uchun u ikkinchi bor Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

U 1990-yillarning oxirida vafot etdi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Герман Ким ( ВЭКС) Герой Социалистического труда Пак Гван Ок“. www.youtube.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Пак Гван Ок“. warheroes.ru. 2022-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  4. „Герой Социалистического Труда Пак Гван Ок“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.