Ozon teshigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ozon teshigi, ozon tuynugi — Yer atmosferasining ozon katlamydagi uzilish; dastavval, 1985 yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992 yilda esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga koʻra, antropogen (insoniyat faoliyati) taʼsirlar, shu jumladan, ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlar (frenon)ni sanoat va turmushda koʻplab miqdorda ishlatish natijasida roʻyobga chiqqan. Quyoshning ultrabi-nafsha (200—300 nm) nurlanishi ozon katlamida yutilgani uchun tirik orga-nizmlarga xavfli boʻlgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon katlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1985 yilda Vena konvensiyasi, 1987 yilda Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil