Ozarbayjonning tashqi aloqalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ozarbayjon Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qoʻshilmaslik harakati, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, NATOning Tinchlik maqsadida sherikligi, Yevro-atlantik sheriklik kengashi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Yevropa Kengashi va Jahon banki aʼzosi hisoblanadi.

Ozarbayjon Respublikasi tashqi aloqalarda Kavkaz mintaqasida faol boʻlgan global va mintaqaviy kuchlarga nisbatan asosiy tendensiyalarga ega. Tashqi aloqalar kelib chiquvchi xususiyatlariga qarab ikki toifaga boʻlinadi: global va mintaqaviy. Birinchi toifaga Moskva va Vashington kabi global oʻyinchilar kiradi, ikkinchi toifaga esa mintaqaviy oʻyinchilar, yaʼni Anqara va Tehron kabi.

Nizolar[tahrir]

Togʻli Qorabogʻ/Ozarbayjon[tahrir]

Hozirda Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi asosan armanlar istiqomat qiladigan Togʻli Qorabogʻ mintaqasi boʻyicha muzlatib qoʻyilgan mojaro 1988-yilda Togʻli Qorabogʻda istiqomat qiluvchi armanlarning Armanistonga ergashgan holda etnik ozarbayjonlarga qarshi namoyishlar va taʼqiblar bilan avtonomiya talab qilgan paytdan buyon boshlandi. Bu esa tabiiyki Ozarbayjonda Armanistonga qarshi qoʻzgʻolonni keltirib chiqardi. Bunga javoban, Ozarbayjon politsiyalari armanlarni anklavdan haydashga kirishdilar. 1992-yilda esa urush boshlandi. 1994-yilda Rossiya aralashuvi bilan bir-birlariga oʻt ochishni toʻxtatishlari urushni tugatdi, biroq 1 milliondan oshiq etnik armanlar va ozarbayjonlar hali ham uylariga qaytish imkoniga ega emaslar. Togʻli Qorabogʻ boʻyicha ziddiyat, 1992-yildan buyon Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi homiyligida mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha olib borilayotgan muzokaralarga qaramay, hali hamon etilmay kelmoqda.[1][2]

Diplomatik munosabatlari[tahrir]

2019-yildan boshlab Ozarbayjon Birlashgan Millatlar Tashkilotining 182 davlati, Falastin davlati bilan diplomatik aloqalarni olib bormoqda[3][4]. Ozarbayjon quyidagi davlatlar bilan diplomatik aloqalarga ega emas:

  • Armaniston
  • Markaziy Afrika Respublikasi
  • Kongo Respublikasi
  • Esvatini
  • Kiribati
  • Mikroneziya Federativ Shtatlari
  • Papua-Yangi Gvineya
  • Sent-Kits va Nevis
  • Seyshel orollari
  • Tonga

Adabiyotlar[tahrir]

  • Valiyev, Anar: „Azerbaijan and the North Caucasus: A Pragmatic Relationship“ in the Caucasus Analytical Digest No. 27
  • Hübner, Gerald: „Foreign Direct Investment in Azerbaijan—the Quality of Quantity“ in the Caucasus Analytical Digest No. 28
  • Abbasov, Shahin: „Azerbaijanʼs Eurovision Story: Great Chances to Improve, But No Political Will“ in the Caucasus Analytical Digest No. 32
  • Mazziotti, Marius; Sauerborn, Djan; Scianna, Bastian Matteo: „Multipolarity is key: Assessing Azerbaijanʼs foreign policy“[1]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]