Oyshaxon Yoʻldosheva
Qiyofa
| Oyshaxon Yoʻldosheva | |
|---|---|
| Tavalludi |
1930-yil |
| Vafoti | nomaʼlum |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, mexanizator |
| Unvoni |
|
| Mukofotlari |
|
Oyshaxon Yoʻldosheva (1930-yil, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati — ?) — mexanizator, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS aʼzosi (1952)[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oyshaxon Yoʻldosheva 1930-yil Oʻzbekiston tumanida tavallud topgan. Yoʻldosheva 1943—1964-yillari Oʻzbekiston tumanidagi Lenin nomli kolxozda yoshlar va komsomol yoshlar brigadasiga boshchilik qilgan. 1964-yildan tumandagi Mingtut qishloq soveti raisi boʻlib ishlagan. 1969-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik institutini tugatgan. 1949-yili Yoʻldosheva boshliq brigada har gektardan 832 sentnerdan qand lavlagi yetishtirgan. Lenin ordeni, 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzSE 1974, s. 221
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640-bet.