Oyoqogʻitma koʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oyoqogʻitma koʻli — Buxoro viloyati shim.dagi Oyoqogʻitma qishlogʻi yaqinidagi koʻl. Oyoq-ogʻitma botigʻida. Oyoqogʻitma koʻliga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil boʻlgan Shoʻrkoʻl kollektori quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km² gacha ortadi, shu vaqtda chuq. 10 m dan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Suvi shoʻr. Baliqlarning sazan, doʻngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi. O. atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil