Oyoqogʻitma botigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oyoqogʻitma botigʻi - Qizilqumdagi botiq. Quljuqtovning janubiy etagi bilan Zarafshon daryosi vodiysi orasida. Yuqori boʻr va paleogen davrlarining qumtosh va gillaridan tuzilgan. Nisbiy chuq. 130 m dan ortiq. Janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga tomon 38 km masofaga choʻzilgan. Oyoqogʻitma botigʻining tubi yassi, eol qumlari, taqirlar va shoʻrxoklar bilan qoplangan. Botiqning tsktoiik yeriqlaridan mezozoy va kay-nozoy yotqiziqlarining qatlamlaridan yer osti shoʻr suvlari chiqib turadi. Bu suvlarning buglanishi natijasida shoʻrxoklar vujudga kelgan. Chuchuk sr osti suvlari ham mavjud. Bogiq hududida Oyoqottma koʻli joylashgan.

Oyoqogʻitma botigʻida burgan, qoʻngirbosh, rang, saksovul, shoʻrxoklarda sarsazan, qora-baroq, yulgʻun oʻsadi. Artezian suvlari hisobiga kichik maylonlarda dehqonchilik qilinadi.