Oydin Hojieva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Oydin Hojieva — 1942-yil 22-aprelda Navoiyning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965-yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi. Uning birinchi mashq sheʼri 1953-yili tuman gazetasida chop etildi. 1961-yili „Saodat“ (avvalgi „Oʻzbekiston xotin-qizlari“) jurnalida shoiraning „Tongni qarshilab“ sheʼri bosildi.

Sheʼriy va publitsistik toʻplamlari[tahrir]

1971-yilda „Shabnam“, „Men sevgan qoʻshiq“ (1972), „Orzu guli“ (1973), „Manzillar“ (1971), „Tarovat“ (1975), „Navo“ (1977), „Mushfiq onajon“ (1983), „Javoronok“ (1984), „Tamal toshi“ (1988), „Oʻryukovoy kost“ (1985), „Ishonch yulduzlari“ (1989), „Chashmalarni izlayman“ (1986), „Osnova“ (1987), „Koʻzimning oqu qorasi“ (1996), „Panohim“ (1998) kabi yigirmadan ortiq sheʼriy va publitsistik toʻplamlari nashr etilgan.

Faoliyati[tahrir]

Ayol qalbining nozik kechinmalarini ifodalovchi sheʼr va dostonlari bilan muxlislar eʼtiboriga tushdi. U „Sharq Yulduzi“ (1965–1976), „Saodat“ jurnallarida (1976–1985) boʻlim mudiri, „Gulxan“ oynomasining muharriri (1985–1994) boʻldi.

Mukofotlari[tahrir]

1992-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni berildi. U „El-yurt hurmati“ ordeni sohibasi (1999), 1994-yildan „Saodat“ (unga ilova „Gulchehralar“ gazetasi) ning bosh muharriri. Asarlari rus, urdu, ingliz, frantsuz, tojik, ukrain tillariga tarjima qilingan.

Asarlari[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

  • Jalolov T. Kiroyi qizing shunday boʻlsa. Kitobda: Jalolov T. „Oʻzbek shoiralari“ T., Adabiyot va sanʼat, 1980, 377–385 betlar.
  • Rasulov A. Oydin Hojieva. Kitobda: Oʻzbekiston komsomol mukofoti laureatlari, T., „Yosh gvardiya“, 1977, 184–188 sahifalar.