Oydin Abdullayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oydin Akramovna Abdullayeva (1952.20.3, Qamashi tumani) – O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi (1995). Qarshi pedagogika institutining filol. fakultetini tugatgan (1975). 1975–99 yillarda Yakkabog‘, Qamashi tumanlaridagi maktabda, 1999 yildan Qamashi tumanidagi 3-kasb-hunar maktabida o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi. bdullayeva maktabda yangi pedagogik texnologiyalarni amalga oshi-rishda, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda yuqori natijalarga erishdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abdullayeva Oydin" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil