Oxunjon Madaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Oxunjon Madaliyev
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 21-may 1963-yil(1963-05-21)
Vafoti 29-iyun 2000-yil(2000-06-29)
(37 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1989–2000
Janr anʼanaviy musiqa
Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist.jpg Shohrat rib.png
Amplua Qoʻshiqchi va musiqachi

Oxunjon Madaliyev (21-may 1963-yil — 29-iyun 2000-yil) — oʻzbek qoʻshiqchisi va bastakori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. 1990-yillarda Oʻzbekistonda va qoʻshni respublikalarda shuhrat qozongan. 2000-yil 37 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.

Madaliyev vafotiga qadar yuzlab qoʻshiq kuylagan. „Yolgʻiz ayol“, „Javohirim“, „Onamning duosi“, „Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“, „Turkman qiz“, „Unutmoq osonmas bizlarni“ kabi qoʻshiqlari ommalashgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oxunjon Madaliyev 1963-yilning 21-may kuni Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidagi Oltiariq tumanida joylashgan Yangiarab qishlogʻida tugʻilgan. 1985-yil Fargʻona pedagogika institutining (hozirgi Fargʻona davlat universiteti) musiqa fakultetini tamomlagan. 1990-yilning 14-yanvarida oʻgʻli Qilichbek Madaliyev dunyoga keladi.[manba kerak] Oʻgʻli Madaliyev ham qoʻshiqchilik bilan shugʻullanadi.

Madaliyev 2000-yilning 29-iyunida 37 yoshida navbatdagi toʻyni tugatib, haydovchisi bilan Tico mashinasida ketayotganida miokard infarktidan vafot etgan. Bevaqt oʻlgani uchun qoʻshiqchi giyohvand moddalar isteʼmol qilgan, degan asossiz daʼvolar tarqalgan.[1] Shuningdek, vafotidan keyingi yillarda Madaliyevga suiqasd uyushtirilgan degan iddao ham tarqalgan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madaliyev institutni tamomlaganidan keyin Oltiariq tumanidagi 26-sonli oʻrta maktabda musiqa fani oʻqituvchisi oʻlaroq ishlay boshlagan. Keyinchalik Fargʻona Davlat filarmoniyasida yakkaxon qoʻshiqchi sifatida ishlagan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Qilichbek Tojiyev Madaliyevning ustozi boʻlgan.[2]

Madaliyev 1989-yili Toshkent shahrida „Kamolot — 89“ koʻrik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, oʻsha yilning dekabrida „Xalqlar doʻstligi“ saroyida ilk yakkaxon konsertini bergan.[3] Umrining oxirigacha yuzdan oshiq qoʻshiqni ijro etgan. Qoʻshni mamlakatlarga, jumladan, Tojikiston va Qirgʻizistonda gastrol safarlariga borgan, oʻnlab shogird tayyorlagan.

Disgorafiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlari

  • „Ziyodam“ (1983)
  • „Seni asrasin“ (?)
  • „Kimligini aytmayman“ (?)
  • „Sendadir xayolim“ (?)
  • „Yulduzim“ (?)
  • „Navbahor“ (?)
  • „Javohirim“ (?)
  • „Oʻzbeklarim“ (?)
  • „Yolgʻiz ayol“ (?)
  • „Sogʻinch“ (?)
  • „Yoshligim“ (?)
  • „Unutmoq osonmas bizlarni“ (?)

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madaliyev 1997-yil 26-avgustda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan. 1999-yil 25-avgustda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini olgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]