Otaliqarna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otaliqarna — Xorazm viloyatidagi kanal. Hozirgi kunda Mangʻit arna deb ham ataladi. Yahyo Gʻulomov oʻzining „Xorazmning sug‘orilish tarixi“ nomli asarida „Arna Xiva xonligining bir otaligʻi tomonidan qazilganligi uchun Otaliqarna deb atalgan“ deydi. Arna — kanal, daryodan suv oladigan katta ariq maʼnolarini bildiradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 75 bet.