Ota hovuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ota hovuz
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Shahar Xiva shahri
Mamlakat O‘zbekiston
Egasi Davlat mulkiga tegishli

Ota hovuz – Xiva xonlari aholini suv bilan taʼminlash maqsadida bir necha hovuzlar va quduqlar qazdirgan. Hovuzlarga asosan suv Amudaryodan Polvonyop kanali orqali kelgan. Shunday hovuzlardan bittasi Ota darvozaning oldidagi Ota hovuzdir[1]. Ota darvozaning uzunligi 10 metr, eni 4 metrni tashkil qilgan. Afsuski, darvoza XX asrning 20–yillarida yoʻlni kengaytirish bahonasida buzib tashlangan. Eltuzarxon tomonidan XIX asrning boshida pishgan gʻishtdan darvoza bunyod etiladi va unga darvoza oldidagi hovuzning nomi bilan atala boshlanadi. Aslida bu hovuzning nomi Shermuhammad hovuz hisoblanib vaqtlar oʻtishi bilan Ota hovuz nomi bilan atala boshlangan. Bundan tashqari Shermuhammad masjidi ham boʻlgan boʻlib Shermuhammad masjidi shoʻrolar davrida buzib tashlangan. Hozirgi Xivaga kiraverishidagi Ota darvozaning nomi ham shu masjid va hovuzdan kelib chiqqan[2]. Aholi bu Ota hovuzdan yozda ichimlik manbai sifatida foydalangan boʻlsa, qish paytida hovuz muzlagan. Biroq aholi qishda hovuzning muzlarini maxsus joylarda saqla qoʻyganlar va yozda undan kundalik hayotda foydalanganlar. Bundan tashqari Xivada 10 ga yaqin hovuzlar boʻlib ulardan hozirda Ota hovuz, Bogʻcha hovuz va Bol hovuzlar saqlanib qolgandir. Hozirda obyekt davlat mulki hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tarixiy, Baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garovga va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorida muvofiq Ota hovuz davlat mulki hisobiga oʻtkazilgan. Hujjat 2014-yil 5-dekabrda imzolangan va 2015-yil 15-dekabrda kuchga kirgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://khivamuseum.uz/uz/ota-hovuz
  2. https://www.sayyoh.com/diqqatga-sazovor-joylar/xiva-ota-hovuz/
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.12.2014 yildagi 335-son qarori.