Ostia jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ostia jangi

Ostia jangi, Rafael freskasi
Sanalar 849-yil yoz
Urush yeri Italiya
Natija Xristian flotining uzil-kesil gʻalabasi
Raqiblar
Xristian ligasi Musulmon kuchlari
Qoʻmondonlar
Neapollik Caesar

Papa Leo IV

Nomaʼlum
Kuchlar
Nomaʼlum Nomaʼlum
Yoʻqotishlar
Kam Kuchli yoʻqotishlar

Ostia jangi — 849-yilda Tirren dengizida musulmon floti va Italiya ligasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan dengiz jang hisoblanadi. Italiya ligasi musulmon qo'shinini mag'lub etgan va jang nasroniylar foydasiga tugagan. Ushbu jang Rafaelning Battaglia di Ostia asari uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qilgan.

Fon[tahrir | manbasini tahrirlash]

827-yildan boshlab musulmon qoʻshinlari Sitsiliyani zabt eta boshladi. 835-yildan boshlab Agʻlabiylar Italiya ichkarisiga yurish boshladilar. Ularning Kalabriya va Apuliyaga bostirib kirishlari, shuningdek, Oʻrta yer dengizining boshqa markaziy orollariga qilgan hujumlari, Sitsiliya qamalining davomi sifatida koʻrilgan[1][2].  Rimga 846-yilda musulmonlar qoʻshinlari tomonidan bosqin uyushtirildi[3][4]. Keyingi hujum 849-yilda sodir boʻlib va bu qattiq janglarga olib keldi[5].

Jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sardiniya yaqinida musulmon qoʻshini kemalari toʻplangani haqidagi xabar 849-yil boshida Rimga yetib bordi. Neapollik Sergius I ning oʻgʻli Sezar qoʻmondonligidagi nasroniy armadasi Ostiyaga toʻplandi va papa Leo IV ularni duo qilish va ibodat oʻtkazish uchun chiqdi. Musulmon kemalari kelganidan soʻng, Neapolitan galleylari bilan jang boshlandi. Jang oʻrtalarida toʻfon musulmonlarni ikkiga boʻldi va nasroniy kemalari portga qaytishga muvaffaq boʻldi. Musulmonlar esa uzoq-uzoqlarga tarqalib ketishdi, koʻp kemalar yoʻqolib, boshqalari qirgʻoqqa kelishdi. Boʻron soʻngach, musulmon flotining qoldiqlari osongina mavx etildi, koʻplab asirlar olib ketildi[6].

Oqibat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jangdan so'ng, musulmonlar kemalari qirg'oqqa sayozlikka o'tirib qoldi va mahalliy aholi tomonidan talon-taroj qilindi. Jangda olingan asirlar Vatikan tepaligini oʻraydigan Leonin devorini qurishda ishlashga majbur bo'ldilar. Bu jangdan keyin Rimga boshqa musulmonlar qo'shini yaqinlashmadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.
  2. Nef, Annliese (2021). „Byzantium and Islam in Southern Italy (7th–11th Century)“. A Companion to Byzantine Italy. Brill. pp. 200–225. ISBN 978-90-04-30770-4.
  3. Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.
  4. Davis-Secord, Sarah (2017). Where Three Worlds Met: Sicily in the Early Medieval Mediterranean. Cornell University Press. ISBN 978-1-5017-1258-6.
  5. Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.
  6. "CAMPANA, LEGA in „Enciclopedia Italiana“". www.treccani.it (in Italian). Retrieved 2022-06-08.
  7. Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.