Rafael

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rafael [asli Rafaello Santi (Sansio), Rafaello Santi (Sanzio)] [1483.26 yoki 28.3 (ayrim manbalarga koʻra, 6.4), Urbino — 1520.6.4, Rim] - italyan rassomi va meʼmori; R. sanʼatida Yuksak Uygʻonish davriga xos boʻlgan goʻzallik va mukammal dunyo haqidagi ilgʻor qarashlar, hayotbaxsh ideallar uygʻunlikda oʻta aniqlik bilan mujassamlashgan. Ilk asarlaridayoq manzara bilan uygʻunlashgan nafis shakllar R.ning yuksak iqtidoridan darak beradi ("Ritsar uyqusi", Milliy galereya, London; "Madonna Konestabile", Ermitaj — taxminan 1500—02), "Mariyaning nikohi" asari (1504, Brera) fazoviy yechimi jihatidan ustozi Perujino asarlariga yaqin. 1504—08 yillar Florensiyada yashab, buyuk sanʼatkorlar (Leonardo da Vinchi, F. Bartolommeo va boshqalar) ijodi, anatomiya va perspektivani oʻrganadi, dramatik voqealarga boy asarlar yaratadi ("Tobutga qoʻyish", 1507, Borgoze gal., Rim va boshqalar), koʻplab yaratgan madonnalari unga katta shuhrat keltirdi: "Madonna Granduka" (Pitti, Florensiya), "Bogbon madonna" (Luvr, Parij) va boshqa 1508 yildan papa Yuliy II taklifi bilan Rimda yashab, ijod qiladi, antik yodtorliklar bilan tanishadi, arxeologik qazishmalarda ishtirok etadi. Vatikan saroyida devoriy rasmlar turkuminl yaratadi: ularda ozodlik gʻoyalari va insoniy baxt, insonni har tomonlama jismoniy oʻsishi va ruhiy imkoniyatlarini tarannum etadi, saroy zal (stans)lariga ishlagan freskalari rassomlik sanʼatida monumental rangtasvirning katta yutugʻi, tasviriy sanʼatning meʼmorlik bilan uygʻunligining eng yaxshi namunasi boʻldi. Jumladan, Della Senyatura zalida inson faoliyatining 4 sohasi — din ("Munozara"), falsafa ("Afina maktabi"), sheʼriyat ("Parnas"), huquq ("Aql, Mezon va Kuch")ni tasvirlaydi qamda plafonda shu kompozitsiyalarga mos injil va afsonalar mazmuniga oid majoziy shaklli kompozitsiyalar yaratib, ulkan isteʼdod egasi sifatida shuxrat qozondi. Rimda R. yetuk portretchi sifatida namoyon boʻddi: "Papa Yuliy II" (taxminan 1510), "Kardinal portreta" (taxminan 1512), "B.Kastilone" (1515—16), "Lev X kardinallar bilan" (taxminan 1518) va boshqa; "Madonna Alba" (taxminan 1510—I), "Madonna di Folino" (taxminan 1511—12) kabi madonnalar tasvirida ulugʻ tuygʻu — onalik tuygʻusini bera oldi, ayniqsa, "Sikst madonnasi" (1515—19) eng mukammal asar sifatida xavotirlik va oʻta nafosat tuygʻusini uygʻunlashtirgan.

R.ning meʼmorlikdagi faoliyati muhim ahamiyatga ega boʻldi; meʼmor Barmante boshlagan Rimdagi Avliyo Pyotr sobori qurilishiga uning vafotidan soʻng R. rahbarlik qiddi, qurilishni oʻzining yangi bazilikali loyihasi asosida davom ettirdi. Vatikandagi bir necha binolar R. rahbarligida qurilgan, uning loyihasi va rasmlari asosida koʻp binolar, ayniqsa, yirik saroylar barpo etilgan; har bir saroyga oʻziga xos qiyofa va bezaklar berishga intilgan [Rimda R. loyihasi asoida aylana tarxli SantElijo deli Orefichi cherkovi (1509 yildan), SantaMariya del Popolo cherkovining nafis Kiji kapellasi (1512—20) va palatssolar qurilgan], u qurgan binolar salobatliligi va interyerlarining nozikligi bilan ajralib turadi. Uzoq vaqtlar davomida betakror sanʼat namunasi mavqeini saqlagan R. ijodiga keyingi davr ijodkorlari ideal sanʼat namunasi sifatida takrortakror murojaat etdilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil