Osnovi perevoda teksta
Asl nomi | Основы перевода текста |
---|---|
Muallif(lar) | Marina Semenova |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | lingvistika |
Nashriyot | „Feniks“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2009 |
Sahifalar soni | 344 |
ISBN | ISBN 978-5-222-14587-6 |
„Osnovi perevoda teksta“ (ruscha: Основы перевода текста) („Matn tarjimasi asoslari“) — rus lingvisti Marina Semenova qalamiga mansub tarjimashunoslik boʻyicha qoʻllanma. Ilk bor 2009-yil Rostov-Don shahrida „Feniks“ nashriyotida chop etilgan.[1]
Asar tarjimashunoslik sohasida tahsil olayotgan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljallangan. Qoʻllanmada asosan yozma manbalarni ingliz tilidan rus tiliga hamda rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilish haqida soʻz yuritiladi.
Asarga T. N. Snitko taqrizchilik qilgan. Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: I. Jilyakov – masʼul muharrir, L. Bagryantseva – texnik muharrir, V. Kirichenko – rassom, I. Bayburtyan hamda T. Krasnolutskaya – musahhihlar. Kitob adadi – 3 000 nusxa.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Osnovi perevoda teksta“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 10-dekabr 2018-yil.
![]() |