Osmanov Dilyaver

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osmanov Dilyaver Ibraimovich
Tavalludi 17-iyul 1959-yil (1959-07-17) (64 yosh)
Kasbi shoir, publistist, bosh muharrir
Ijod qilgan tillari qrim-tatar, rus
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRUkraina bayrogʻi Ukraina

Osmanov Dilyaver Ibraimovich (qrim tatarcha: Dilâver Osmanov; 1959-yil 17-iyul, Bekobod, Toshkent viloyati) – qrim tatarlaridan boʻlgan sovet va ukrain shoiri va publitsist. „Yildiz“ jurnali bosh muharriri (2009-yildan). Tatariston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi(1993), Ukraina Jurnalistlar milliy uyushmasi va Ukraina teatr arboblari milliy uyushmasi aʼzosi. Tatariston Respublikasi va Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist. KIPU oʻqituvchisi. Tarix fanlari nomzodi. Qrim-tatar va rus tillarida ijod qiladi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osmanov Dilyaver Ibraimovich 1959-yil 17-iyulda O‘zbekiston SSR, Toshkent viloyati, Bekobod shahrida oddiy ishchi oilasida tugʻilgan[1]. Millati qrim-tatar. Yoshligidan ijod bilan shugʻullangan[2]. 1966-yilda u boshlangʻich maktabda oʻqishni boshlagan, bir vaqtning oʻzida musiqa maktabida ham taʼlim olgan. 1979-yilda maktabni tugatgach, Qozon madaniyat universitetiga oʻqishga kirgan. Uchinchi kursda esa Qozon konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va uni 1985-yilda xalq cholgʻulari fakulteti boʻyicha tamomlagan[1][3].

1984-yildan 1989-yilgacha Qozondagi turli musiqa muassasalarida ishlagan. 1993-yilda Tatariston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosiga aylangan. 1989-yilda Qrimga koʻchib oʻtgan[2].

1980-yildan boshlab matbuotda yozuv va sheʼrlarini chop etib kelagan. Ijod naʼmunalari Qrim tatarlarining „Yildiz“ jurnalida, Qozondagi „Idel“ va „Kazan utlari“ jurnallarida nashr etilgan. Qrimga koʻchib oʻtgach, mahalliy nashrlarda chop etilgan. Uning sheʼriyati va jurnalistik materiallari mavzulari orasida Qrim-tatar milliy harakati va Qrim-tatarlarning deportatsiyasi va Qrim-tatar xalqining huquqlarini tiklash bor. Bundan tashqari, Osmonov Qozon „Tatar-inform“ ga Qrim tatarlarining hayoti haqida materiallar taqdim etagan. Qrim-tatar musiqali drama teatri uchun pyesalar muallifi va tarjimoni ham boʻlgan.

1999-yildan boshlab Qrim muhandislik-pedagogika universitetida ishlagan. Tarix fanlari nomzodi boʻlgan[3].

Qrim-tatar yozuvchilar uyushmasi kotibi, NSJU prezidiumi aʼzosi, Ukraina teatr xodimlari milliy uyushmasi aʼzosi boʻlgan. Kotib sifatida u Eshref Shemy-Zadeh mukofotini berish komissiyasi aʼzosi ham boʻlgan. Deport qilingan fuqarolar ishlari boʻyicha Respublika milliy ishlar qoʻmitasining Jengiz Dagʻji asarlarini nashr etish boʻyicha tahrir hay’ati aʼzosi boʻlgan.

2009-yildan „Yildiz“ jurnalining bosh muharriri boʻlib ishlay boshlagan[4].

Osmonovning tashabbusi bilan Belogorsk shahrida Bekir Chobanzodaning haykali oʻrniga yodgorlik toshi oʻrnatilgan va Komsomolskaya koʻchasi Chobanzoda sharafiga nomlangan.

Mukofotlari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tatariston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2003)
  • Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2010)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Әдипләр: Диләвәр Османов“ (ru). adiplar.belem.ru. 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  2. 2,0 2,1 „Дилявер Осман“ (ru). Ocabookforum 2017 (2017-yil 30-iyun). 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  3. 3,0 3,1 „Османов Длявер Ибрагимович“ (ru) (deadlink). КИПУ. 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  4. „Журнал «Йылдыз»“ (ru). mediacentr.org.ru (2017-yil 7-iyul). 2022-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.