Orifjon Qobulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orifjon Qobulov
Tavalludi 1905-yil
Vafoti 1938-yil 14-oktyabr
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Hisobchi
Faoliyat yillari 19201938

Orifjon Qobulov (1905-yil, Namangan — 1938-yil) — toʻquvchi, hisobchi, moliyachi, suv xoʻjaligida ishlagan. Namangan tumani yer-suv boʻlimi boshligʻi. 1938-yilda qatagʻonga uchragan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orifjon Qobulov 1905-yilda Namangan shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Millati — oʻzbek, otasi 1917-yil yuz bergan inqilobgacha va 1917-yildan keyin ham suv xoʻjaligi sohasida xizmat qilgan. 1920-yilgacha otasi qaramogʻida boʻlgan. 1920-yildan 1924-yilgacha oʻzining toʻquvchilik ustaxonasida toʻquvchi bo'lib ishlab kelgan. Orifjon Qobulov 1924-yildan 1925-yilgacha Namangan moliya boʻlimida moliya agenti boʻlib ishlagan, 1925-yildan 1926-yil mayigacha Toshkent shahrida moliya kurslarida oʻqigan. Oʻqishni tugatgandan soʻng 1926-yil avgustdan 1928-yil iyulgacha Andijon okrugining moliya boʻlimida kontrolyor yordamchisi boʻlib ishlagan. 1928-yil iyuldan 1929-yil sentyabrgacha Andijon shahar moliya boʻlimida istruktor sifatida faoliyat koʻrsatgan[1]. 1929-yil sentyabrdan 1930-yil avgustigacha Margʻilon shahri moliya boʻlimida isntruktor, 1930-yil sentyabrdan 1932-yil avgustigacha Quva tumani moliya boʻlimida inspektor lavozimlarida xizmat qilgan. 1932-yil avgustdan 1933-yil martigacha Namangan shahri moliya boʻlimida mudir oʻrinbosari boʻlgan. 1933-yil apreldan 1934-yil sentyabrgacha Namanganda yer boshqaruvchisi, 1934-yil dekabrdan 1936-yil iyuniga qadar Namangan shahar soveti tashkiliy boʻlim mudiri, 1936-yil iyulidan to hibsga olinguniga qadar Namangan tuman yer-suv boʻlimi boshligʻi vazifalarida ishlagan. Oʻzbek va rus tillarini mukammal bilgani uchun davlat idoralarida moliya boʻlimlarini boshqargan. . SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 14-oktyabrdagi yigʻilishida Qobulov Orifjon otuvga hukm etilgan, sud hukmi oʻsha kuni ijro etilgan. Partiya XX syezdidan soʻng reabilitatsiya qilingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustambek Shamsiddinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. Toshkent, „Sharq“ 2012 — 231 bet. ISBN 9789943004818. 
  2. Bahrom Irzayev. Katta qirg'inning kelib chiqishi arafasidagi sharoit. Toshkent „Fan“ nashriyoti 2014 — 160 bet. ISBN 978-9943-19-284-3.