Organoidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Organoidlar (yun. organon — organ va eidos — koʻrinish, qiyofa) — hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funksiyasining bajarilishini taʼminlovchi doimiy tarkibiy qismlari, yaʼni hujayra organlari. Eukariot hujayralarda xromosomalar, mitoxondriylar, Golji kompleksi, endoplazmatik toʻr, ribosomalar, mikronaychalar, mizosomalar, hayvon qujayralarida sentriollar, mikrofibrillar, oʻsimliklarda plastidalar O. deyiladi. Prokariot hujayralarda koʻpchilik O. boʻlmaydi. Bir xujayralilarning maxsus strukturaviy elementlari, mas, harakatlanish funksiyasini bajaruvchi xivchinlari va kipriklari, ovqat hazm qilish va ayirish vazifasini bajaruvchi vakuollari organellalar deyiladi. Kupincha "O." va "organellalar" terminlari sinonim sifatida qoʻllanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil