Orest Kiprenskiy
Orest Adamovich Kiprenskiy (ruscha: Орест Адамович Кипренский 1782-yilnng 24-martda tugʻilgan 1836-yilning 5-oktabrda vafot etgan) rus portretchisi. Uning eng tanish asari Aleksandr Pushkinning portreti (1827-yil).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orest 24-martda Sankt-Peterburgning Nejnovo qishlogʻida tugʻilgan. U Aleksey Dyakonovning noqonuniy oʻgʻli edi. Uning ismi sevgi maʼbudasining yunoncha ismlaridan biri boʻlgan Kiprisdan olingan. U serf Adam Shvalbe oilasida tarbiyalangan. Kiprenskiy krepostnoy boʻlib tugʻilgan boʻlsa ham tugʻilishi bilan krepostnoylikdan ozod qilingan. Otasi 1788-yilda (Orest olti yoshda edi) Sankt-Peterburgdagi Imperator Badiiy akademiyasining maktab-internatiga oʻqishga kirishiga yordam bergan. 1803-yilgacha u maktab-internatda va akademiyaning oʻzida oʻqigan. Kulikovo jangidan soʻng (1805-yil) knyaz Dmitriy Donskoy asari uchun birinchi mukofotni qoʻlga kiritgan va yosh rassomga Yevropada sanʼat oʻrganish uchun chet elga borish imkonini berdi. Oʻqishni bitirishidan bir yil oldin, 1804-yilda u ooʻzining asrab oluvchi otasi Adam Shvalbe portretini chizgan (1804-yil). Kiprenskiy Moskvada (1809), Tverda 1811, Sankt-Peterburgda 1812-1816-1822-yillarda Rim va Napolida yashagan. 1828-yilda Kiprenskiy Italiyaga qaytib keldi. 1836-yilda Samuil Galbergdanga uylandi.
Tanlangan portretlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Yekaterina Rostopchina, 1809-yil
-
Evgraf Davydov, 1809-yil
-
Vasiliy Perovskiy, 1811-yil
-
Sergey Uvarov, 1815-yil
-
Aleksandr Shishkov, 1825-yil
-
Aleksandr Pushkin, 1827-yil
-
Evgraf Davydov, 1828-yil
-
Bertel Torvaldsen , 1833-yil