Dmitriy Donskoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Donskoy

Dmitriy Donskoy, Dmitriy Ivanovich (1350.12.10 — Moskva — 1389.19.5) — Moskva (1359 yildan) va Vladimir (1362 yildan) ulugʻ knyazi. Ivan II Krasniy (1326—59)ning oʻgʻli. Otasi oʻlgach (1359), Oltin Oʻrda xoni Murod unga ulugʻ knyazlik yorligʻini bergan. D. D. Moskvada oq harsangdan Kreml bunyod ettirgan (1364). U 1372 yil Tver sh.ni qamal qilib, uning knyazi Mixailni sulh tuzishga va ulugʻ knyazlik daʼvosidan butunlay voz kechishga majbur etgan. Soʻng, shu yili Ryazan knyazligini ham oʻziga boʻysundirgan. Shu tariqa D.D. barcha qoʻshni knyazliklarni itoat ettirib, Oltin Oʻrdaga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. Ammo, 1377 yil Koʻk Oʻrda xoni Arabshoh (1376—77) D. D. qoʻshinini tor-mor keltirib, Suzdal, Nijniy Novgorod va Ryazan knyazliklarini ishgʻol qilgan. 1380 yil D. D. Oltin Oʻrda tumanboshilaridan biri — Mamay qoʻshinlari bilan jang qilib, uni yenggan (qarang Kulikovo jangi). 1381 yil Ok Oʻrda xoni Toʻxtamishxon D.D. qoʻshinini butunlay tor-mor keltirib, Moskvani ishgʻol qilgach, Rus yana Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib qolgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil