Oqsoqolotasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqsoqolotasoy — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Krratogʻning jan. yon bagʻridan boshlanuvchi Qoramachitsoy va Gumassoylarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 33 km, havzasining maydoni 20,6 km². Oqsoqolotasoy jan. va jan.-gʻarbga oqib, Polvonota qishlogʻi yaqinida Qahramon kanaliga quyiladi. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yilik suv sarfi 0,03m³/ sek., oqim moduli 1,7 l/sek, km². Ir-moqlarining umumiy uz. 50 km, eng yirigi Labiarab (16 km). Bahorda sel keladi. Oqsoqolotasoydan Xatirchi tumanidagi xoʻjaliklar yerlari sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil