Onalar va bolalar muhofazasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Onalar va bolalar muhofazasi — onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sogʻlom, jismonan va aklan barkamol bolalarni tarbiyalashga karatilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. OʻzRda bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish krnunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-profilaktika muassasalari tarmoklarini yaratishga asoslangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan soʻng O. va boshqam.ga qaratilgan keng kamrovli choratadbirlar koʻzda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998 yildan Toshkentda "Oila" ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata boshladi; bu markazda Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan i.t. ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola sogʻligʻini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish ham davlat zimmasida. Sogʻlom avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan maktabgacha taʼlim, maktab, internat maktab, bolalarni sogʻlomlashtirish komplekslari kabi xilma-xil tarmokdar rivojlantirilmoqda.

O. va boshqam. 2 asosiy boʻlimni: akusherlik-ginekologiya (tugʻishga yordam berish) va bolalarga davolash-profilaktika yordami koʻrsatishni tashkil qilishni oʻz ichiga oladi. Akusherlik-ginekologiya yordamini maxsus muassasalar, xususan, shaharda tugʻruqxonalar, shuningdek, tarkibida ayollar masla-hatxonasi boʻlgan tufuqxona komplekslari, kasalxonalarning akusherlik-ginekologiya boʻlimlari, akusherlik va ginekologiya i.t. instituti, tibbiyot institutlari akusherlik-ginekologiya ka-fedrasi tarkibidagi shu soha boʻlimlari, ayollar maslahatxonasi, poliklinika va ishlab chiqarish korxonalari tibbiy-sanitariya qismi qoshidagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari amalga oshiradi. Qishloq joylarda ayollarga akusherlik-ginekologiya yordamini viloyat, tuman kasalxonalarining tugʻruqxona boʻlimlari, ambulatoriyasi, feldsherakusherlik punktlari va poliklinikadagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari koʻrsatadi.

Ayollar maslahatxonasi oʻz hududidagi poliklinika, homiladorlarni sogʻlomlashtirish muassasalari, "Ona va bola skrining" markazi va perinatal markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, "Nikoh va oila" maslahatxonalari, oilaviy va bolalar poliklinikalari, koʻp tarmokli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari bilan uz-viy bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi.

O. va boshqam. tizimida davolash-profilaktika yordamining bir nechta bosqichlari mavjud: 1-bosqich — yoshlarni jinsiy masalalarga tayyorlash, sogʻlom oila qurish, jinsiy hayot genetikasi va jinsiy yoʻl orqali yuqadigan ka-salliklardan boxabar etish boʻyicha yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishni "Oila va nikoh" ilmiy maslahatxonalari amalga oshiradi. 2-bosqich — homilani antinatal muhofazalash kompleks choratadbirlarini amalga oshirish ayollar maslahatxonasi, tugʻ-ruqxona komplekslari va boshqa faoliyatiga kiradi. 3-bosqich — tugʻishni bekamu-koʻst olib borish uchun homilani institutranatal muxrfazalash — bu tugʻruqxo-nalar zimmasiga yuklatilgan. 4-bosqich — yangi tugʻilgan chaqaloq sogʻligʻini himoya etish, uni emizish, umumiy holati, fiziologik rivojlanishini nazorat qilish va boshqa tugʻruqxonalarning chaqalokdar boʻlimida koʻzdan kechirib boriladi. 5-bosqich — maktabgacha yoshdagi bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish. 6-bosqich — maktab yoshidagi bolalar sogʻligʻigi himoya qilish. Bularning hammasi OʻzR da yoʻlga qoʻyilgan yagona O. va boshqam. tizimida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan Akusherlik va ginekologiya instituti, Pediatriya i.t. instituti, "Ona va bola" kasalxonasi va markazlari, shuningdek, shu sohaga oid qator davolash-profilaktika muassasalarida O. va boshqam. boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil