Oltintogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oltintogʻ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq togʻlar. Boʻkantovning jan.da joylashgan. Janubi-gʻarbda Aytimtov bilan tutashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 10 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 322 m. Paleozoyning granit, gra-nodiorit, slanets, alevrolit, kvarsit, marmarlashgan ohaktosh, qumtosh, etaklari esa boʻr va paleogen va toʻrtlamchi davrning qumoq va qum jinslaridan tuzilgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻri tik-rok, va chuqur soylar bilan oʻyilgan. Shimoliy-gʻarbida Avliyosoy, janubi-sharqida Mesh-tepasoy va Marasoy kabi quruq oʻzanlar bor. Nurash jarayonlari kuchli.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil