Oltintepa koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltintepa koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Yashnobod
Uzunligi 3 km
Avvalgi nomlari Voroshilov koʻchasi
Tsiolkovskiy koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari instituti

Oltintepa koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanining „Oltintepa“, „Boʻzariq“, „Alpomish“ mahallalari, Yashnobod tumanining „Doʻstlik“ mahallasi hududida. Parkent va Doʻrmon yoʻli koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 3 km atrofida.

XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. Dastlab Voroshilov, 1962-yil 12-iyulda Tsiolkovskiy nomi berilgan. 2008-yil 6-maydan Oltintepa koʻchasi nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 5 ta tor koʻcha bor[1].

Yoʻnalishida Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari instituti, 196-bogʻcha, 130-maktab, avtomobil taʼmirlash ustaxonasi, gʻisht zavodi, akkumulyator sexi, „Golden Xill“ restorani, „Yevraziya“ kafesi, savdo shoxobchalari, avtobaza, goʻzallik saloni joylashgan. Yaqinida Qorasuv 6-mavzesi, Parkent bozori bor. Qorasuv kanali okib utadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.