Kontent qismiga oʻtish

Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari

Buratino rus markasida
Asl nomi Золотой ключик, или Приключения Буратино
Muallif(lar) Aleksey Tolstoy
Til ruscha
Janr(lar)i ertak
Nashr etilgan sanasi 1936
Nashriyot „Oʻqituvchi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1989
Sahifalar soni 159
ISBN ISBN 5-645-00612-7

„Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari“ (ruscha: Золотой ключик, или Приключения Буратино) — rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy qalamiga mansub ertak. Karlo Kollodining „Pinokkioning sarguzashtlari: yogʻoch qoʻgʻirchoq ertagi“ kitobiga asoslanib yozilgan. Asar oʻzbek tilida 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Kitob ilk bor 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan. SSSRda 1986-yilgacha 182 marta chop etilgan. Umumiy adadi 15,5 million nusxadan oshib ketgan. Asar dunyoning 47 tiliga tarjima qilingan.[2]

Sharmankachi Karlo ota yogʻochdan uzun burunli qoʻgʻirchoq yasab, uni Buratino deb ataydi. Buratino qoʻgʻirchoq doʻstlari bilan koʻp sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Ular qoʻgʻirchoq teatrining yovuz egasi Karabas-Barabasdan hamda ayyor tulki Alisa bilan mushuk Baziliodan qochadilar.

  • Buratino – yogʻoch qoʻgʻirchoq
  • Karlo ota – Buratino yogʻochdan yasagan sharmankachi
  • Juzeppe – duradgor, Karlo otaning doʻsti
  • Malvina – moviy koʻzli qoʻgʻirchoq
  • Artemon – Malvinaga sodiq it
  • Pyero – Malvinani sevuvchi shoir qoʻgʻirchoq
  • Arlekin – Pyeroning qoʻgʻirchoq doʻsti
  • Toshbaqa Tortila – Buratinoga oltin kalit sovgʻa qilgan toshbaqa
  • Soʻzlovchi chigirtka – Buratinoga uning taqdirini aytib beruvchi chigirtka
  • Karabas Barabas – qoʻgʻirchoq teatri egasi
  • Duremar – zuluk sotuvchi
  • Alisa – ayyor tulki
  • Bazilio – ayyor mushuk

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni rus tilida oʻzbek tiliga S. Muhammadjonov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Matchonov, X. Hayitmetov – muharrirlar, A. Kanevskiy – rassom, V. Apuxtin – muqova rassomi, J. Odilov – badiiy muharrir, T. Zolotilova, D. Gabdraxmanova – texnik muharrirlar, K. Sharipova, D. Abdullayeva – musahhihlar. Kitob adadi – 100 000 nusxa.

Ekranlashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  2. Карайченцева С. А. Русская детская книга XVIII–XX вв. Монография – Москва: МГУП, 2006.- 294 с. – ISBN 5-8122-0870-0