Kontent qismiga oʻtish

Ollohverdi Hayrat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ollohverdi Hayrat- Dariyzabon shoir boʻlib, Hirotda yashagan qizilboshlar toifasidan boʻlib, 1152/ 1738 yillarda Hindistonda bo'lgan.

Hirotni Nodirshoh Afshor egallagach u vataniga qaytadi va shoh uni Peshovar va Kobulga ishga yuboradi. Ahmadshoh Durroniy 1160/1748 yilda Kobul orqali Peshavarga yurish qilganida, uning xizmatiga kiradi. Durroniylar Shimoliy Hindiston oʻlkalarini egallab Temurshoh bu oʻlkalarga hokim etib tayinlanganda, Hayrat ham unga hamroh boʻlib yana Hindistonga boradi. Keyinchalik, Temurshoh Hirot hokimi etib tayinlangach, Ahmadshoh Hayratning shu shaharda ekanini hisobga olib, uni Temurshoh xizmatida qoldiradi va Hirotga yuboradi 1186/1771 yilda esa, u Kobulga ishga oʻtkaziladi.
Ollohverdi Hayrat oʻz davrining taniqli shoirlaridan boʻlib, mumtoz poeziyaning anʼanaviy janrlarida ijod etgan. U oʻsha davr udumlariga amal qilib, turli tarixiy sanalarga bagʻishlab xronogrammalar ham yozgan. Foʻfalzoyining xabar berishicha, Hayrat dariy tilidan tashqari turkiy va arabiy tillarda ham erkin soʻzlashgan .

Hayrat Hindistonda boʻlganida oldiniga Xazin taxallusi bilan sheʼrlar yozadi, lekin bu yurtda undan oldin shayx Muhammad Ali bu taxallus bilan mashhur boʻlganidan xabar topib, taxallusini Hayratga oʻzgartiradi.

[1]

  1. Rahmon Inomxo'jayev. {{{title}}}, 2016. 

[1]

  1. Fufalzoyi. {{{title}}}.