Olivier Bonnes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olivier Bonnes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Olivier Harouna Bonnes
Tavallud sanasi 7-fevral 1990-yil (1990-02-07) (34 yosh)
Tavallud joyi Niamey, Niger
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nonthaburi United
Raqami 34
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006–2011 Nantes B 20 (1)
2009–2011 Nantes 2 (0)
2011–2012 Lille B 5 (0)
2012–2013 Brussels 26 (4)
2014–2015 Vereya 16 (0)
2015 Lokomotiv Plovdiv 15 (0)
2016 Montana 10 (0)
2016–2018 Gwangju 46 (1)
2018 Seongnam 15 (0)
2019 Qoʻqon 1912 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011– Niger 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-iyul uchun)

Olivier Xarouna Bonnes (1990-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Nigeriyalik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. „Nontaburi Yunayted“ jamoasida toʻp surdi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier Nigerning poytaxti Niameyda tugʻilgan. Bonnes faoliyatini Fransiyaning „Nant B“ jamoasida 2006-yilda boshlagan va keyinchalik asosiy jamoa safida ham maydongga tushgan. Keyinchalik Fransiyaning boshqa bir jamoasi „Lill“ klubining „Lill B“ farm jamoasiga oʻtdi. 2012-yilda Belgiyaning „Bryussel“ klubi safiga oʻtdi.

2014-yil 24-sentyabrda Bonnes Bolgariyaning „Vereya“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U Bolgariyaning „Lokomotiv Plovdiv“ va „Montana“ klublarida ham toʻp surgan.

2016-yilning 25-iyulida Bonnes Janubiy Koreyaning „Gvanju FC“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

2018-yilning iyul oyida Bonnes Janubiy Koreyaning Seongnam FC klubi bilan shartnoma imzoladi.

2019-yilning fevral oyida Oʻzbekistonning „Qoʻqon 1912“ klubiga oʻtdi[2]. Bonnesning otasi vafot etganligi sababli mart oyida Qoʻqon jamoasi tarkibi tark etdi[3]. 2020-yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning K3 ligasida toʻp suruvchi, Xvason shahrining „Hwaseong FC“ klubi safiga oʻtdi. 2021-yilgi mavsumda Tailandning T3 ligasida toʻp suruvchi „Nonthaburi United S.Boonmeerit F. C.“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bonnes 2011-yilda Niger terma jamoasi safida debyut qilgan, 2011-2012-yillarda ular bilan jami 9 ta o‘yinda maydonga tushgan[1], jumladan, FIFA Jahon chempionati saralash o‘yinida bir marta maydonga tushgan. U 2012-yilgi Afrika Millatlar Kubogida oʻynagan[4][5].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier fransuz fuqaroligiga ega[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Olivier Bonnes“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2016-yil 25-iyul.
  2. „"Qo'qon-1912" afrikalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  3. „Franciyalik futbolchi "Qo'qon-1912"ni tark etdi“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  4. „Debutants Niger name Africa Cup of Nations squad“. BBC Sport (2012-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 24-sentyabr.
  5. „Olivier Bonnes à la CAN“ (fr). Lille OSC (2012-yil 12-yanvar). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-sentyabr.
  6. 광주FC, 니제르 국가대표 MF 본즈 영입

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Olivier Bonnes — K League stats at kleague.com (in Korean)
  • Olivier Bonnes — French league stats at Ligue 1 — also available in French