Olim Davlatov
Olim Davlatov — (1976, Surxondaryo) adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos. U 1976-yil Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo tumanida tugʻilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1998). Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet) aspiranturasi (1999—2002)ni tamomlagan. Alisher Navoiyning 4 jildli „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyoti (2011), Hofiz Sheroziyning „Devon“i (2012)ni lugʻat va izohlar bilan nashrga tayyorlagan. Navoiyning „Nasoyim ul-muhabbat“ tazkirasini hozirgi oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga muvofiqlashtirib, nashr ettirgan (2015).
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xomanaiyning „Alloma Sadriddin Sheroziy“ (2006), Murtazo Mutahhariyning „Hofiz va irfon“ (2008), Lui Massinʼonning „Mansur Halloj“ (2011) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar, atamalar“ lugʻati (2002), „Falsafa: qomusiy lugʻat“ (2004), „Gʻarb falsafasi“ (2004, barchasi hammualliflikda), „Ibn al-Arabiy va uning vahdat ul-vujud falsafasi“ (2007) kitobining muallifi. 2 jildli „Alisher Navoiy qomusiy lugʻati“ mualliflaridan biri[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 535-bet.