Olim Aminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aminov Olim Mo‘minovich (1906, Qo‘qon – 1981.22.10, Toshkent) – iqtisodchi olim, O‘zbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1968), iqtisod fanlari direktori (1955), professor (1959), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964). 1930 yilda Samarqanddagi O‘zbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan. Qo‘qondagi davlat paxtachilik institutining tashkilotchisi va direktori (1931 – 34), Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutida (1934 – 39), 1939 – 66 yilarda Toshkent to‘qimachilik, xalq xo‘jaligi institutlarida o‘qituvchi, kafedra mudiri, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Iqtisod instituti direktori (1945 – 48), Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari malakasini oshirish institutining direktori (1966 – 69), key-inchalik Toshkent xalq xo‘jaligi institutida kafedra mudiri bo‘lgan. Asosiy ilmiy ishlari, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning xalq xo‘jaligi tarixi, ularning boshqa hududlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari masalalariga bag‘ishlangan.