Oleg Mirniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Futbol
Oleg Mirniy
Toʻliq ism

Oleg Pavlovich Mirniy

Tugʻilgan vaqti

8-aprel 1963(1963-04-08) (60 yosh)
Krasnodar, RSFSR, SSSR

Fuqaroligi

Flag SSSR SSSR
Flag Rossii Rossiya

Boʻyi

174 sm

Pozitsiyasi

Yarim himoyachi, Hujumchi

Klub faoliyati
1981—1983 Flag SSSR Drujba (Maykop) 51 (0)
1983—1985 Flag SSSR Kuban Krasnodar 71 (4)
1986—1987 Flag SSSR Geolog (Tyumen) 51 (5)
1988—1989 Flag SSSR Kuban Krasnodar 81 (2)
1990 Flag SSSR Lokomotiv (Gorkiy) 31 (3)
1991 Flag SSSR Zakarpatie 3 (0)
1991 Flag SSSR Drujba (Maykop) 16 (2)
1991 Flag SSSR Navbahor 20 (2)
1992—1993 Flag Rossii (1991—1993) KAMAZ 33 (5)
Murabbiylik faoliyati
2007—2008 Flag Rossii Krasnodar-2000 Murabbiy
2009 Flag Rossii FK Kuban Krasnodar (yoshlar)
2010—2016 Flag Rossii FK Kuban Krasnodar (yoshlar) Murabbiy
2016—2018 Flag Rossii Kuban-2 Murabbiy
2018—2019 Flag Rossii Urojay Murabbiy

Oleg Pavlovich Mirniy (1963-yil 8-aprel) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida toʻp surgan, rossiyalik futbol murabbiyi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg professional faoliyatini 1981-yilda Maykopning „Drujba“ jamoasida boshlagan. Uning Maykopdagi faoliyatida 1983-yilgacha oʻynagan va shu vaqt ichida 51 ta oʻyin oʻtkazgan. 1983-yil iyul oyida u Krasnodar oʻlkasining Kuban jamoasiga koʻchib oʻtdi[1]. Dastlabki mavsumida atigi 13 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi yili u 22 ta oʻyin oʻtkazdi va chempionatda 3 ta gol urdi va SSSR kubogida 1 ta oʻyin oʻtkazgan edi. 1985-yilda u „Kuban“ jamoasi tarkibida 36 ta oʻyinda maydonga tushib, ligada 1 ta gol va SSSR Kubogida 3 ta uchrashuvda oʻyin oʻtkazdi. 1986-yilda u Tyumenning „Geolog“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Olegning Tyumendagi faoliyatida ikki mavsum davomida 51 ta oʻyin oʻtkazdi va 5 ta gol urdi. 1988-yilda u oʻzining sobiq jamoasi Kuban klubiga qaytib keldi va oʻsha mavsumning oʻzida 41 ta oʻyinda qatnashdi, chempionatda raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi. Mamlakat kubogi baxslarida 2 ta oʻyin (1 ta gol) oʻtkazdi. Oleg uchun Kubandagi soʻnggi mavsumida ligada 40 ta oʻyin va Kubokda 1 ta uchrashuv oʻtkazdi. Hammasi boʻlib „Kuban“ jamoasi uchun u SSSR chempionatida[2] 152 ta oʻyin (6 ta gol urgan) va mamlakat kubogida 7 ta oʻyin (1 ta gol urgan) oʻtkazgan. 1990-yilda u „Lokomotiv Gorkiy“ jamoasiga oʻtdi va oʻsha mavsumning oʻzda 31 ta oʻyinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. 1991-yilgi mavsum Oleg uchun Ujgorodning „Zakarpattya“ klubida boshlandi, u aprelgacha[3] jamoas safida toʻp surdi va shu vaqt ichida 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyin maydan iyulgacha[4] Maykopning „Doʻstlik“ jamoasida oʻynab, 16 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi. Shundan soʻng avgust oyida[5] SSSR birinchi ligasidagi Oʻzbekiston jamoasi, Namanganning „Navbahor“klubi safiga kelib qoʻshildi va mavsumni shu yerda yakunladi. Oleg namanganliklar safida 20 ta uchrashuv oʻtkazib, 2 ta toʻp kiritgan. 1992-yilgi mavsumda Chelni shahrining „KAMAZ“ klubi tarkibida 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 5 ta gol urdi. Buning natijasida jamoa bilan birgalikda Rossiya Birinchi ligasining markaziy zonasi gʻolibi boʻldi. Bu gʻoliblik Rossiya Premyer-ligasiga oʻtish huquqni berdi. Bundan tashqari, u Rossiya kubogida 3 ta uchrashuv oʻtkazdi va birinchi qur’asida 1 ta gol urdi. 1993-yilda, oʻzining soʻnggi professional mavsumida Rossiya Oliy ligasida debyut qildi. Chempionatda 2 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan soʻng oʻsha yilning may oyida[6] professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Lekin keyinchalik futbolni tugatmagan holda, havaskorlar darajasida, shu jumladan Kuban faxriylari jamoasida oʻynashda davom etdi[7].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, Oleg Mirniy murabbiylik bilan shugʻullangan, turli havaskor jamoalarda ishlagan[8]. 2007-yilning 22-mayidan[9] 2008-yil[10] ga qadar „Krasnodar-2000“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 2009-yilda Kuban yoshlar jamoasini boshqargan[11][12], 2010-yildan u erda ikkinchi murabbiy[13] boʻlib ishlagan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

KAMAZ
  • Rossiya Birinchi ligasining „Markaziy“ zonasi gʻolibi (Oliy ligaga chiqish) (1): 1992-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Состав ФК «Кубань» в сезоне 1983 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  2. Vishtal V. P., Gaydashyov I. Yu., Ruban M. L., Yarovoy V. A. Istoriya kubanskogo futbola. — Krasnodar: Sovetskaya Kuban, 1997. S. 162.
  3. „Состав ФК «Закарпатье» в сезоне 1991 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  4. „Состав ФК «Дружба» в сезоне 1991 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  5. „Состав ФК «Новбахор» в сезоне 1991 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  6. „Состав ФК «КАМАЗ» в сезоне 1993 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  7. „Ветераны «Кубани» — есть порох в пороховницах!“ (ru). yuga.ru (со ссылкой на газету «Вольная Кубань») (2002-yil 17-noyabr). 2013-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  8. „Олег Мирный: «Призовое место? Почему бы и нет!»“ (ru). aksport.ru (2007-yil 6-fevral). 2019-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  9. „Официальная заявка ФК «Краснодар-2000» на сезон 2007 года“ (ru). Официальный сайт ПФЛ. 2007-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  10. „Официальная заявка ФК «Краснодар-2000» на сезон 2008 года“ (ru). Официальный сайт ПФЛ. 2008-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  11. „Португальско-нигерийский колорит «Кубани»“ (ru). aksport.ru (2009-yil 13-yanvar). 2019-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  12. „В тренерский штаб футбольного клуба «Кубань», который недавно возглавил румын Дан Петреску, войдут специалисты из Молдавии и Румынии“ (ru). gzt.ru (со ссылкой на «Советский спорт») (2010-yil 19-yanvar). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
  13. „Тренерский штаб молодёжного состава“ (ru). Официальный сайт ФК «Кубань». 2011-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]