Oleg Juravlev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleg Borisovich Juravlev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Олег Борисович Журавлёв
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-may 1982-yil (1982-05-17) (41 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2000 - 2014
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi

Oleg Borisovich Juravlev (1982-yil 17-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR ) — oʻzbek sprinter, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi . 100 va 200 metr masofalarga yugurish bo‘yicha ikki karra mamlakat chempioni. 2000-yilgi va 2008-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi sanaladi.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg Juravlev 2000-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshlaydi. Sidneydagi (Avstraliya) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4x400 metr masofa saralash estafetasida 41.20 natija ko‘rsatib, yugurish bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egallaydi, bu musobaqaning keyingi bosqichiga o‘tish uchun yetarli bo‘lmadi[1][2] .

U 2002-yili Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida 200 metr masofaga yugurishda 21,55 natija bilan birinchi o‘rinni oladi. 2003-yilda Olma-Otada (Qozog‘iston) Gusman Qosanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda 100 metr masofaga yugurishda uchinchi o‘rinni, 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha 21,60 natija bilan birinchi o‘ringa chiqadi. 2004-yilda Bishkekda (Qirg‘iziston) Olimpiada chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqada u 200 metr masofada 21,46 natija ko‘rsatib, ikkinchi, 100 metr masofaga esa 10,67 bilan ham xuddi shu  o‘rinni oladi. Aynan shu yili Kosanov xotirasiga bag‘ishlangan turnirda u 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha birinchi o‘rinni qayd etadi.

2007-yili Haydarobodda (Hindiston) bo‘lib o‘tgan Butunjahon harbiy o‘yinlarida u 100 metr masofaga 10,54 soniya bilan sakkizinchi, 200 metrga 21,35 soniya bilan beshinchi o‘rinni tutadi. O‘sha yili Oleg yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, Kosanov xotira turniri va Kolpakova xotirasiga bag‘ishlangan 100 va 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha musobaqalarida g‘alaba qozonadi. Eronda yopiq inshootlarda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi[3] .

2008-yilda Olma-Ota shahrida u 200 metr masofani 20,74 soniyada bosib o‘tib, O‘zbekiston sportchilari o‘rtasida rekord o‘rnatadi[4][5]. 2008-yil Pekindagi (Xitoy) Yozgi Olimpiada o‘yinlarida beshinchi poygada 200 metr masofaga Useyn Bolt bilan birga yugurib, 22,31 soniya bilan keyingi bosqichga o‘tish uchun yetarli bo‘lmagan ball to‘playdi va shu bilan u Olimpiya o‘yinlarida o‘z chiqishlarini yakunlaydi[6] .

Oleg Juravlyov 2013-yilda Gusman Qosanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda 100 va 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada omadsiz yakunlanadi. 2014-yilda esa u sport faoliyatini nihoyalaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oleg ZHURAVLYEV | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  2. „Oleg Zhuravlyov Biography and Statistics - Olympics at Sports-Reference.com“. web.archive.org (2009-yil 4-iyun). 2009-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  3. „Иранский триумф легкоатлетов Узбекистана“ (ru). UzReport.news. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  4. „Взрослые стадион“. uzathletics.uz. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  5. „Фирменно, с рекордами - Атлетика“ (ru). Sports.kz. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  6. „2008 Beijing Summer Olympics - Track & Field | Athlete Profiles, Videos & Photos | Event Recap | NBC Olympics“. web.archive.org (2012-yil 21-avgust). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.