Oleg Bejenar
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Oleg Valeriyevich Bejenar | ||
Tavallud sanasi | 17-sentyabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Kiyev, Ukraina SSR, SSSR | ||
Vafot sanasi |
13-fevral 2023-yil (51 yoshda) | ||
Vafot joyi | Tiraspol, Moldova | ||
Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989 | Tighina-RShVSM | 1 | (0) |
1991 | Bugeac Comrat | 2 | (0) |
1992—1993 | Tiligul Tiraspol | 29 | (0) |
1993 | Dinamo-Codru Chișinău | 9 | (0) |
1993—1994 | Tiligul Tiraspol | 13 | (0) |
1994 | Sportul Studentesc Chişinău | 11 | (0) |
1994—1995 | Bugeac Comrat | 10 | (0) |
1995—1996 | Migdal Carahasani | 37 | (0) |
1996—1998 | Dinamo Bender | 16 | (1) |
1998—1999 | Metalurh Novomoskovsk | 7 | (0) |
1999 | Arsenal Tula | 0 | (0) |
2000 | Nasaf | 10 | (0) |
2002 | Selenga Ulan-Ude | 10 | (0) |
2003 | Lokomotiv Sterlitamak | ||
Boshqargan klublari | |||
2011 | FC Academia Chișinău | ||
2011—2012 | Zimbru Chișinău | ||
2012—2013 | FC Speranța Crihana Veche | ||
2015—2017 | Dacia Chișinău[1] | ||
2020 | FC Noah | ||
2022 | FC Dinamo-Auto Tiraspol | ||
2022 | FC Akzhayik | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oleg Valeriyevich Bejenar (rumincha: Oleg Bejenari 17-sentyabr 1971-yil – 13-fevral 2023-yil) – moldaviyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oleg Tigina-RShVSM jamoasi tarkibida futbolchilik faoliyatini boshlagan. 1991-yilda „Budjak“ (Comrat) jamoasi safiga koʻchib oʻtgan.
1992-yildan 1994-yilgacha (tanaffus bilan) Tiligul Tiraspol jamosi tarkibida oʻynaganda . Bu vaqt ichida u Kishinyovning „Dinamo-Kodru“ va „Sportul Studencesk“ klublarida ham ijara asosida toʻp surgan. 1994-yilda u Budjak tarkibiga qaytgan, biroq bir mavsumda bor-yoʻgʻi 10ta oʻyin oʻtkazib, qisqa muddatga klubni tark etgan. Keyingi yili u „A“ divizion vakili – „Migdal“ (Karagasaniy) jamoasi bilan shartnoma imzolab klub tarkibiga qoʻshilgan. 1996-yilda u yana Benderijliklar safiga kelib qoʻshilgan. Oleg ikki mavsumni ijara asosida „Dinamo“da oʻtkazgan.
1997—1998-yilgi mavsumni Ukraina Ikkinchi ligasida ishtirok etadigan Dnepropetrovsk viloyatining „Metallurg“ (Novomoskovsk) jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 1999-yilda u Tulaning „Arsenal“ klubiga taklif qilingan, ammo futbolchi klub tarkibida biror marotaba maydonga tushmagan.
2000-yilda „Nasaf“ (Qarshi) tarkibida Oʻzbekiston chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
2002-yilda Oleg „Selenga“ (Ulan-Ude) jamoasiga borib qoʻshilgan.
- Moldova chempionatida 88 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.
- Moldova „A“ divizionida esa 37 ta oʻyin oʻtkazgan.
- Oʻzbekiston chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
- Ukraina Ikkinchi ligasida 7 ta oʻyin oʻtkazdi.
- Rossiya Ikkinchi divizionida esa 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oleg murabbiylik faoliyatini UTM Academy klubida Vitaliy Kulibabaning yordamchisi sifatida boshlagan. Oradan biroz vaqt oʻtib, 2010—2011-yilgi mavsumning ikkinchi qismida u klubni bosh murabbiy sifatida boshqargan.
2011-yilda Oleg Sergey Stroenkoning yordamchisi sifatida Zimbru jamosiga taklif qilingan va 2012-yilning yozida Zimbru jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Biroq, Bejenarining Zimbru jamoasi safida qolishi uzoqqa choʻzilmagan. Yevropa ligasi saralash bosqichida „Bangor City“ bilan durang oʻynagach, Oleg ishdan boʻshatilgan. 2012-yil noyabr oyida u Speranza Krihan Vekeni jamosini boshqargan. 2015-yilning iyun oyida murabbiy Kishinyovning „Dacia“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan[2].
2023-yil 13-fevralda vafot etgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Олег Беженарь вошёл в тренерский штаб «Дачии»“. fcdacia.md (2015-yil 8-iyun). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
- ↑ „Олег Беженарь вошёл в тренерский штаб «Дачии»“. fcdacia.md (2015-yil 8-iyun). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
- ↑ Oleg Bejenari – Profil trenera | Transfermarkt
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oleg Bejenar murabbiylik profili Soccerway saytida
- Oleg Bejenar FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- 17-sentyabrda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Kiyevda tugʻilganlar
- 13-fevralda vafot etganlar
- 2023-yilda vafot etganlar
- Tiraspolda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- SSSR erkak futbolchilari
- Moldovalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- FC Buryatia Ulan-Ude futbolchilari
- FC Tighina futbolchilari
- FK Gagauzia futbolchilari
- FK Torentul futbolchilari
- FK Unisport-Auto futbolchilari
- CS Tiligul-Tiras Tiraspol futbolchilari
- FC Metallurg Novomoskovsk futbolchilari
- FC Arsenal Tula futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Moldovalik muhojir erkak futbolchilar
- Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Moldovalik futbol murabbiylar