Alkenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Olefinlardan yoʻnaltirildi)

Alkenlar — tarkibida qoʻshbogʻ boʻlgan toʻyinmagan uglevodorodlar. A.ning juda koʻp molekulalari oʻzaro birikib (polimerlanish reaksiyalariga kirishib), yuqori molekulali birikmalar hosil qiladi. Koʻpgina muhim polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol, poliizopren) shu yoʻl bilan olinadi (qarang Toʻyinmagan uglevodorodlar).

Olefinlar (frans. defi ant — moy hosil qiluvchi, lot. oleum — moy va facio — qilyapman), alkenlar — toʻyinmagan uglevodorodlarning gomo-logik qatori, umumiy formulasi SpN2p. Zanjiri ochiq boʻlib, bitta qoʻsh boglidir. Atsiklik birikmalarga ki-radi. O.ning eng oddiy vakili etilen SN2=SN2 boʻlganligidan ular etilen uglevodorodlari deb ham ataladi. Etilen va uning yaqin gomologlari (propilen SN2=SN—SN3, butenlar S4N8, amilenlar S5N|0 va boshqalar) koʻpincha alki-lenlar deb yuritiladi. O. Jeneva no-menklaturasiga muvofiq tegishli toʻyingan uglevodorodlarning nomiga qarab ataladi, faqat „an“ qoʻshimcha oʻrniga „en“ qoʻllaniladi va zanjirdagi qoʻshbogʻ oʻrni raqamlar bilan koʻrsatiladi. Butendan boshlab O. qatorida struktura izomeriyasi mavjud; bundan tashqari, molekulasida qoʻshbogʻ borligidan O. geometrik izomerlar holida ham boʻlishi mumkin (qarang Izomeriya). O. fizik xossasiga koʻra, toʻyingan uglevodorodlardan kam farq qiladi. Ularning qaynash temperaturasi alkanlarga Karaganda ancha past, zichligi esa bir-muncha yuqori. Kuyi O. (S2N4 dan S4N8 gacha) gaz, keyingilari S]8N36 gacha su-yuklik, undan yuqorisi qattiq moddalardir. Barcha O. rangeiz, suvda de-yarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va efirlarda yaxshi eriydi. O.ning qoʻshbogʻiga vodorod, galo-genlar, vodorod-galogenidlar, suv osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuklik hosil boʻladi; O.ning nomi ham shundan olingan). O. oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi (qarang Poliolefinlar, Polietilen, Polipropilen, Poliizobutilen). Yuqori alkillanish qobiliyati O.ning muhim xossasi hisoblanadi (qarang Izooktan). O. sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va tabiiy gazlardan olinadi. O.ning kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi tufayli ulardan neft-kimyoviy sin-tezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil