Poliizobutilen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Poliizobutilen, oppanol V,vistaneks MML— izobutilen polimeri, [—S(SN,),SN2—ha. Quyi molekulali P. (mol. m. 50103 gacha) — qovushqoq suyuqlik; zichligi 880—910 kg/m3. Yuqori molekulali P. [mol. m. (70—225)103] — kauchuksimon amorf mahsulot, zichligi 910—920 kg/m3. Yuqori dielektrik xossaga ega; namga, kuchsiz kislota va ishqorlarga chidamli; uglevodorodlar va ularning galogenli hosilalarida eriydi; quyi spirtlar, murakkab efirlar va ketonlarda erimaydi. Kuyosh nuriga chidamsiz. Tarki-biga faol toʻldirgichlar (mas, qurum, grafit) qoʻshib chidamli qilinadi. Izobutilenni polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya, motor yonilgʻisi kom-ponenti, surkov moylariga qoʻshimcha sifatida qoʻllanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil