Polietilen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polietilen, politen, polieten [—SN2—SN2—]l — karbozan-jirli polimer. Rangsiz, yarim shaf-fof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga koʻra 105—130°, zichligi 920– 970 kg/m3. Elastikligi va choʻzilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar taʼsiriga chidamli; xlor va ftor taʼsirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar taʼsiriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. P. — jaxrn mik,-yosida termoplastlar ishlab chiqarishda birinchi oʻrinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda (1200—1500 at), oʻrtacha bosimda (30—40 at) va past bosimda (0—7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil