Kontent qismiga oʻtish

Oksana Shvets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oksana Shvets
Tavalludi
Oksana Oleksandrivna Shvets

10-fevral 1955-yil
Vafoti 17-mart 2022-yil(2022-03-17)
(67 yoshda)
Kiyev, Ukraina
Fuqaroligi Ukraina
Taʼlimi I. K. Karpenko-Kari teatri
Kasbi aktrisa
Unvoni Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist

Oksana Oleksandrivna Shvets (ukraincha: Оксана Олександрівна Швець; 1955-yil 10-fevral — 2022-yil 17-mart) — ukrainalik aktrisa. U Kiyev Milliy Akademik Molodiy Teatrida 1980-yilda tashkil etilganidan to vafotiga qadar ishlagan va 1996-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. U Ternopil musiqali drama teatri va Kiyev satira teatrida ham faoliyat olib borgan. Oksana Shvets kino va televideniyeda ham chiqishlar qilgan, masalan, 2013-yilgi rus-ukraina serialidagi „Dim z liliyami“ shular jumlasidandir.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiyevda tugʻilgan Oksana Shvets 1975-yilda Ivan Franko teatri qoshidagi teatr studiyasini[1][2] va 1986-yilda I. K. Karpenko-Kari teatri[3] teatrshunoslik fakultetini tamomlagan[2]. Oksana Shvets Ternopil musiqa va drama teatrida va Kiyev satira teatrida ishlagan[4][5]. U 1980-yildan to vafotigacha Kiyev Milliy akademik Molodiy teatri (Yosh teatr) ansambl aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan[4][6]. Teatr spektakllari taxtasida uning koʻplab rollari va ijrolari roʻyxati keltirilgan[1]. U 2013-yilda Nikolay Erdmanning „Gogol-mogol“ (ukraincha: Гоголь-могол) spektaklida rol ijro etgan[2][7].

Oksana Shvets Anton Chexovning, rejissyor O. Uteganov tomonidan suratga olingan „Uch opa-singil“ filmida Natasha rolini ijro etgan[2]. U 2015-yilda Ivan Karpenko-Kary [uk] ning Iqtidorsiz [uk] spektakli asosida yaratilgan „Zacharovaniy“ (Maftunkor[2][8] yoki Sehrlangan) spektaklida Hanna rolini ijro etgan[9]. Spektaklni teatr rejissyori[10] Andrey Bilous boshqargan[11]. Teatr tanqidchisi Oleg Vergelis [uk] Oksana Shvetsning ijrosini maqtab, qaynona feʼl-atvoridagi murakkabliklarni topib, yomon kayfiyatli holatni ajoyib koʻrsatib berganligini aytgan[9]. 2016-yilda Viña Delmar tomonidan ishlab chiqarilgan „Postupisya mistsem!“ (Yoʻl yarating!) kartinasida u Nemi rolini oʻynagan[2][8]. „Make Way for Tomorrow“ nomi bilan suratga olingan va qaygʻuli komediya sifatida tasvirlangan spektaklda rejissyori Dmitri Veselskiy bilan ishlagan[12][lower-alpha 1].

1996-yilda uning uzoq yillik faoliyati va „ijro sanʼatidagi ajoyib yutugʻi“ evaziga[1], Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. Bu sanʼatkorlar uchun beriladigan eng yuqori darajali Ukraina mukofotlaridan biridir[13].

Oksana Shvets teatr sahnasidagi faoliyati bilan tanilgan boʻlsa-da, u bir nechta filmlar va teleseriallarda ham oʻynagan[13]. U „Zavtra bude zavtra“ (ukraincha: Завтра буде завтра; Ertaga boʻladi) filmida suratga tushgan[14]. Uning birinchi teleseriali 1976-yilda suratga olingan „Nasledniki“ (Merosxoʻrlar) boʻlib, u bu kartinada kichik rol ijro etgan. 2003-yilda[13] Oksana Shvets rus tilida suratga olingan „Povernennya Muxtara“ (ukraincha: Повернення Мухтара; Muxtar Qaytadi)[3][14] nomli, deyarli 20 yil davom etgan sarguzasht serialida rol oʻynagan[13]. U 2006-yilda ukrain tilidagi „Taemnitsya Svyatogo Patrika“ (ukraincha: Таємниця Святого Патріка; Avliyo Patrikning siri) serialining barcha sakkizta qismida rol ijro etgan[13][14]. 2013-yilda Oksana Shvets rus-ukrain tilidagi „Dim z liliyami“ (ukraincha: Дім з ліліями; „Liliyalar uyi“)[3][14] teleserialida Ikkinchi jahon urushidan, to 2013-yilgacha boʻlgan davrda yashagan uydirma urush qahramoni Mixail Govorov va uning oilasi haqidagi teleserialda, bolalar uyi direktori rolini ijro etgan[13][15].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 17-martda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Oksana Shvets oʻzi yashagan Kiyevdagi turar-joy binosining rus qoʻshinlari tomonidan oʻqqa tutilishi natijasida halok boʻlgan[3][4][6][16].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Make Way!, baʼzi manbalarda Get missed![1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Burton, Jamie. „Ukrainian actress Oksana Shvets killed in Russian rocket attack“. Newsweek (2022-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Швець Оксана / Раніше зіграні ролі (roles)“ (uk). Kyiv National Academic Molodyy Theatre (2021). Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Owoseje, Toyin. „Oksana Shvets, famed Ukrainian actress, killed in Russian missile strike“. CNN (2022-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Oksana Shvets death: Ukrainian actor killed in Russian rocket attack, aged 67“. The Independent (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  5. Parsley, Aaron. „Ukrainian Actress Oksana Shvets Reportedly Killed in Russian Rocket Attack: 'No Forgiveness'“ (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  6. 6,0 6,1 Tapp, Tom. „Revered Ukrainian Actress Oksana Shvets Killed In Russian Rocket Attack“. Deadline Hollywood (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  7. ВАРВАРИЧ, Олена; СОКОЛАН, Фото Віоли (15 February 2013). "ГОГОЛЬ-МОГОЛЬ..." уже готовий! (Gogol-Mogol)“ (PDF). Культура (Culture) (ukrain). 10-bet. Qaraldi: 22 March 2022.
  8. 8,0 8,1 „Акторка Оксана Швець загинула під час ракетного обстрілу - театр“ (uk). tabloid.pravda.com.ua (2018-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  9. 9,0 9,1 БЕСПЕРСТОВА, Ольга. „Під час удару по столиці загинула відома театральна актриса“ (uk). Fakty i Kommentarii (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  10. „Зачарований“ (uk). Kyiv National Academic Molodyy Theatre (2021). Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  11. Kranz, Oliver. „Treffen der European Theatre Convention in Kiew / Aufbruchstimmung trotz Krieg“ (de). nachtkritik.de (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  12. „Швець Оксана / Раніше зіграні ролі (roles)“ (uk). Kyiv National Academic Molodyy Theatre (2021). Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 Cooke, Bruno. „Oksana Shvets movies to watch in her honour as Ukrainian actress dies in Kyiv“ (2022-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.[sayt ishlamaydi]
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 Малай, К. „У Києві під час ракетного обстрілу загинула заслужена артистка України Оксана Швець“. news.obozrevatel.com (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  15. House with the lilies — season 1 yourlibrary.bibliocommons.com
  16. „В Киеве во время ракетного обстрела погибла заслуженная артистка Украины Оксана Швец“ (ru). ukrinform.ru. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]