Oklend

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oklend — AQShning gʻarbiy qismidagi shahar. Kaliforniya shtatida, San-Fransisko koʻltigʻi sohilidagi port. Osma koʻprik va parom orkali SanFransisko shahri bilan bogʻlangan. Aholisi 400 ming kishi (2000). O. — transkontinental yoʻllarning soʻnggi punkti. Kemasozlik va kema taʼmirlash, elektrotexnika, metallsozlik, tayyor kismlardan avtomobil yigʻish, kimyo sanoati korxonalari, rasadxona, harbiy dengiz bazasi bor. Shaharga 1850 yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil