Nyutonning mexanika qonunlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan taʼriflangan (1687). Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saklaydi (q. Inersiya qonuni). Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi koʻpaytmasi) ning oʻzgarishi jismga taʼsir qiluvchi kuchga proporsional, yoʻnalishi esa taʼsir etadi. Uchinchi qonun — ikki jismning oʻzaro taʼsir kuchi bir-biriga teng , yoʻnalishi esa qarama-qarshi boʻladi (q. Taʼsir va aks taʼsir qonuni). Nyutonning mexanika qonunlariq. G.Galiley, X.Gyuygens, R./ukhamda I.Nyutonning oʻzi oʻtkazgan koʻplab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo boʻlgan. Nyutonning mexanika qonunlari q. elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin moddalar uchun oʻrinli emas.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil