Kontent qismiga oʻtish

Odiljon Iminov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Odiljon va familiyasi Iminov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Odiljon Iminov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2020-yil – 2024-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Senat raisi Tanzila Norboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-dekabr 1963-yil (1963-12-07) (62 yosh)
Andijon tumani, Andijon viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Mukofotlari

Iminov Odiljon Karimovich (1963-yil Andijon viloyatida tavallud topgan) – muhandis, iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori. 2020—2024-yillarda Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi[1].

Odiljon Iminov 1963-yil 7-dekabrda Andijon viloyati Andijon tumanida tavallud topgan. 1986-yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutini, 1998-yilda esa Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini, shuningdek 2004-yilda Maasstrixt menejment maktabi (Gollandiya)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986-yilda Andijon viloyati Ulugʻnor tumani „Doʻstlik“ xoʻjaligi muhandisi sifatida boshlagan.

1988—1990-yillarda Andijon viloyati Andijon tumanida xoʻjalik muhandisi, yoshlar tashkiloti qoʻmitasi kotibi, 1990—1992-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi „Navroʻz“ jamgʻarmasi iqtisod boʻlimi boshligʻi, 1993—1997-yillarda „Oʻztadbirkorbank“ aksiyadorlik‐tijorat banki kreditlash boʻlimi boshligʻi, boshqaruv raisi yordamchisi vazifasini bajaruvchisi, Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi, 1997—1998-yillarda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 1998—1999-yillarda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondi kreditlash va loyihalarni monitoring qilish departamenti boshligʻi, Boshqaruv raisi oʻrinbosari, 1999—2001-yillarda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi doktoranti, 2001—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi „Moliya“ kafedrasi mudiri, direktorning birinchi oʻrinbosari, direktor vazifasini bajaruvchisi, 2015—2017-yillarda Korporativ boshqaruv markazi direktori oʻrinbosari, kafedra professori, 2017—2018-yillarda Davlat boshqaruvi akademiyasi „Menejment nazariyasi va amaliyoti“ kafedrasi professori, 2018—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2018—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan[2].

2020—2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻlikni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi[3][4]. Doʻstlik ordeni (2020) bilan taqdirlangan.