O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
(O'zDXAUF)
Xalqaro nomi ingl. Urganch branch of the State Academy of Choreography of Uzbekistan[1]
rus. Ургенчский филиал Государственной академии хореографии Узбекистана
Asos solingan 2021
Oʻquv yurti turi Akademiya
Rektori

Botirov Shonazar Xusainovich „O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali“.

Manzili

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati

Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
Vebsayti uzdxauf.uz
O'zDXAUF logosi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

>

Filial tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs sanʼati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi «Lazgi»ni asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish, jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashkil etilgan bo‘lib, filialning asosiy vazifalari:

Filial vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;

talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;

soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish;

Lazgi bo'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Lazgi» bo‘limining asosiy vazifalari:

«Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

fan-taʼlim va ijrochilikning integratsiyalashuvini taʼminlash;

«Lazgi» ijro yo‘li namunalari «Oltin fondi»ni yaratish;

an’anaviy «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;

«Lazgi» ijro yo‘lini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

«Lazgi» ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmog‘i orqali chet ellarda keng targ‘ib qilish.

Filial huzurida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi:

«Lazgi»ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;

«Lazgi» ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;

«Lazgi»ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;

«Lazgi» bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etish qarorda ko‘zda tutilgan.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xoreografiya turlari boʻyicha

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu filial o‘z ish faoliyatini 2021-2022 yilida boshlagan bo‘lib, ayni damda filialga Botirov Shonazar Xusainovich direktor qilib tayinlangan. Filial veb sahifasi va ijtimoiy tarmoqlardagi manzillari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Urganch branch of the State Academy of Choreography of Uzbekistan“ (en). Times Higher Education (THE). Qaraldi: 17-iyul 2020.