O‘n bir Ahmad ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘n bir Ahmad ziyoratgohi

Davlatobod tumani, G'irvon qishlog'i
Koordinatalari 40.99657520017677, 71.62589238296736
Joylashuv Yusufxon o'g'li Qosimxon masjidi yonida
Qurila boshlagan 1991-yil (qayta qurilgan)
Qurilish tamomlangan 1992 — 1993-yillarda (qayta tamirlangan)
Xarita

O‘n bir Ahmad ziyoratgohi — Namangan shahar, Davlatobod tumani, Gʻirvon qishlogʻida joylashgan ziyoratgoh. Yangi maqbara binosi 1991-yilda qayta qurilgan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur ziyoratgoh islom olamining turli go‘shalarida va turli yillarda yashab o‘tgan o‘n bir Ahmadlar nomi bilan ataluvchi tasavvuf ilmi namoyandalari bo‘lgan shayxlar hurmati uchun tiklangan ziyoratgoh hisoblanadi. Fiqh va tariqat vakili O‘n bir Ahmad hazratlarining qabrlari payg‘ambar Muhammadga borib taqaladi. Ushbu ziyoratgoh qishloqning   Shimoliy tomonida, Shimoliy Fargʻona  kanalining kunchiqar yoqasidagi  katta bogʻning  yuqori qismida joylashgan. „Oʻn bir Ahmad“ deyilganda, oʻn bitta  avliyo  Ahmadlarning biri tushunilgan[3]. Lekin ularning qaysi biri, qachon bu yerga dafn etilganligi  maʼlum emas. Bu esa insoniyat ruxiy olamining  buyuk ustunlaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy zotlaridir. Ulugʻ shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy  bu zot xaqida shunday degan edi „Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston Mulkining shayxul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashxur, karomati matovoliy va nomaxsur ermish. Murid va asxob  xoyatsiz va shoxu gado aning irodat ixlos ostonida nixoyatsiz  emish“. Ana shulardan biri  Gʻirvon qishlogʻida boʻlib, asrlar dovomida  ezgu niyat egalarining  aziz ziyoratgoxiga aylangan. Ul zotning qabri sobiq ittifoq mafkurasi zaminida „adashganlar“ tomonidan buzib yuborilgan edi[4].

Qayta tiklanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyoratgohda 1991-yilda O‘n bir Ahmadga bag‘ishlab yangi maqbara binosi qurildi. Ushbu ziyoratgoh 1992 — 1993-yillarda hashar yo‘li bilan qayta tamirlangan[5]. Hozirgi kunda O‘n bir Ahmad ziyoratgohi diqqatga sazovar joylar toifasidagi mahalliy ahamiyatdagi obyekt hisoblanadi[6][7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]