Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbeklashtirish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbeklashtirish — turli maʼmuriy vositalar orqali odamlarga turli madaniy meroslar asosida oʻzbeklik tuygʻusini singdirish jarayoni. Bu atama 1920-yillar oxirlari va 1930-yillarning boshlarida Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish mobaynida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan mahalliylashtirishning oʻziga xos jarayonidir.

1924-yil Oʻzbekiston SSR tashkil etilishi bilan boshlangan assimilyatsiya tazyiqlari tufayli etnik tojiklar aholini roʻyxatga olish blankalarida oʻzlarini oʻzbeklar deb koʻrsatishni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va togʻli hududlarni tark etmaslik uchun oʻz pasportlarida oʻzbek sifatida qayd etilishini afzal koʻrdilar. Rasmiy Oʻzbekiston statistikasida Oʻzbekistondagi tojik aholi taxminan 5% tashkil qilgan[1][2].

Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, Oʻzbekistonda sovetlashtirish va ruslashtirishdan keyingi jarayonlarga „oʻzbeklashtirish“ atamasi qoʻllanila boshlangan. Majburiy taʼlimda rus tili oʻrnini bosgan oʻzbek tilining ahamiyatini tiklash, oʻzbek anʼanalari va madaniyatini targʻib qilish shular jumlasidandir[manba kerak].