Oʻzbekistonda shialik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekistondagi shialik mazhabi deyarli eroniy etniklardan tashkil topgan ozchilikni oʻz ichiga oluvchi mazhab hisoblanadi. Mamlakatda atigi uchta shia masjidi roʻyxatga olingan boʻlib, shulardan ikkitasi Samarqandda va bittasi Buxoroda joylashgan. Bu shaharlarning ikkalasida ham eron millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.

Sovet davridan oldingi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchi Jed Snyderning qayd etishicha, 1800-yillar oxiridagi ruslar bosqinidan oldin Samarqandda shia va sunniy guruhlar oʻrtasida kamdan-kam uchraydigan oʻzaro toʻqnashuvlar boʻlgan. Biroq tarixchi Rossiya istilosidan keyingi davrda shialar, asosan, sunniylar tomonidan assimilyatsiya qilinganligini taʼkidlaydi[1].

Oʻzbekistondagi turli shia guruhlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda oʻzbek shialarining soni shialik jamiyatini tuzish uchun yetarli boʻlmasa-da (ularni birlashtira oladigan institutlarning yoʻqligi sababli), baʼzi guruhlar, yaʼni eroniylar[2], persiyonlar[3], ozariylar va ismoiliylarni[4] shialik bilan bogʻlash mumkin.

Hozirgi diskriminatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hukumat roʻyxatga olingan ushbu shialik masjidlarining faoliyat koʻrsatishiga ruxsat bergan boʻlsa-da, baʼzi oʻzbek shialari hukumat yangi shia masjidlarini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qilayotganidan xavotirda. Shuningdek, rasmiy milliy diniy organ – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ham shia vakillariga ega emas. Sovet davridan beri mamlakatda birorta ham shia madrasalari mavjud emas, mustaqillikdan keyin esa yangi shia madrasalari roʻyxatga olinmagan. Shia diniy yetakchisi boʻlishni istaganlar faqat Eronga borib, oʻsha yerdan shia maʼlumotiga ega boʻlishlari mumkin, biroq Eronda olgan ushbu shia maʼlumotnomalari Oʻzbekiston hukumati tomonidan tan olinmaydi, buning natijasida esa mamlakatda rasman tan olingan shia rahbariyati yetishmaydi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jed C. Snyder. After Empire: The Emerging Geopolitics of Central Asia. DIANE Publishing, 1997. ISBN 0-7881-4666-1, ISBN 978-0-7881-4666-4
  2. „8. Les Ironis en Ouzbékistan post-soviétique ou les vertus de la dissimulation mentale (taqiyya) dans un contexte de sunnitisation de la société“ (fr) (2018-yil 5-iyun). Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
  3. Adeeb Khalid. Making Uzbekistan, Cornell University (en), United States of America, 2015 — 414 bet. ISBN 978-0-8014-5409-7. 2019-yil 23-dekabrda qaraldi. 
  4. Sabrina Mervin. Les mondes chiites et l'Irans, Karthala / IFPO (fr), Paris/Beyrouth, 2007 — 206 bet. ISBN 978-2-84586-888-5. 
  5. UZBEKISTAN: Tight restrictions on Shia Muslim minority. Forum 18 News Service, Oslo, Norway. 27 April 2004