Oʻtkir Tolipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘tkir Qarshiyevich Tolipov
Tavalludi 28-fevral 1961-yil (1961-02-28) (63 yosh)
Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Kiyev politexnika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Oʻtkir Qarshiyevich Tolipov (1961-yil 28-fevral, Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2004), profesor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir Tolipov 1961-yil 28-fevral Forish tumani, Garasha qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan[1][2]. 1979—1985-yillarda Kiyev politexnika institutida tahsil olgan. 1985—1990-yillarda Jizzax pedagogika instituti kasb taʼlimi fakulteti oʻqituvchisi, 1993—1997-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, kafedra dotsenti, dekan oʻrinbosari, 2000—2011-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari[1], 2011—2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2017-yildan„Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir Tolipov 1990—1993 yillarda SSSR pedagogika fanlar akademiyasining Oʻqitish vositalari instituti aspiranturasida oʻqigan[1]. 1993-yilda ruscha: „Методика использования тренажёров при практической подготовке учителей трудового обучения“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1997—2000-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasida tahsil olgan. 2004-yilda Toshkent dablat pedagogika universitetida „Oliy pedagogik taʼlim tizimida umummehnat va kasbiy koʻnikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari“ (ruscha: „Педагогические технологии развития общетрудовых и профессиональных умений и навыков в системе высшего педагогического образования“) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[2]. 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  2. 2,0 2,1 Хайдаров Мамат Эшкулович, Дилшод Луқманов. „УЧЕНЫЙ И ПЕДАГОГ С МИРОВЫМ ИМЕНЕМ“. International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology (2022-yil 5-may).

Andoza:OʻTOE