Oʻt pigmentlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻt pigmentlari — gemoglobinning parchalanishida hosil boʻladigan azotli rangdor moddalar. Odam va hayvon organizmida, asosan, jigarda hosil boʻladi, bilirubin, biliverdin va boshqalar koʻrinishida oʻt bilan ajraladi. Odam organizmida sutkasiga taxminan 280 mg Oʻt pigmentlari hosil boʻladi. Oʻt pigmentlari kislotali xususiyatga ega, metall bilan tuz (baʼzan erimaydigan) hosil qiladi. Shunga koʻra, Oʻt pigmentlari oʻt toshi (qarang Oʻttosh kasalligi) hosil boʻlishida ahamiyatli. Oʻt pigmentlari najas, qisman siydik bilan chiqariladi, shuning uchun ulardan qator kasalliklarni aniqlashda foydalaniladi. Qonda Oʻt pigmentlari miqdori oshganda badan sargʻayadi.