Oʻt kislotalar
Oʻt kislotalar — steroid monokarbon va holat kislota mahsuli. Odam va hayvonlarning jigar hujayralarida ishlanib, oʻt bilan birga oʻn ikki barmoq ichakka quyiladi. Odam oʻti tarkibida, asosan, holat kislota, oz miqdorda dezoksiholat, litoholat va xenodezoksi holat kislotalari boʻladi. Oʻt kislotalar ichaklarda yogʻ hazm boʻlishini taʼminlaydi. Yogʻlarni emulsiya holiga keltiradi, ichak lipazasini (meʼda osti bezi va ichak bezlarida ishlanadigan fermentni) faollashtiradi, yogʻ kislotalarning soʻrilishiga yordam beradi, ichak peristaltikasini oshiradi. Oʻt kislotalarning umumiy miqdori qonda oʻrtacha 0,8 mg%, jigar oʻtida — 0,9— 1,8%, oʻt pufagi oʻtida — 5,7 — 10,8%. Qonda Oʻt kislotalar koʻpayib ketganda, siydik bilan chiqib ketadi, kamayishi esa qator oʻzgarishlarga, jumladan, oʻt toshi hosil boʻlishi va boshqalar ga sabab boʻladi.
Inson kislotalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |