Steroidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Steroidlar — kimyoviy tabiatiga koʻra izoprenoidlarga mansub organik birikmalar sinfi. S. tirik tabiatda keng tarqalgan, mikroorganizm, oʻsimlik va hayvonlarda koʻplab uchraydi. Barcha S. steran uglevodorodlarining hosilalaridir, biogenetik jihatdan esa skvalendan hosil boʻladi. S. — optik faol kristall moddalar, organik moddalarda suvga qaraganda yaxshi eriydi. Tabiiy S. quyidagi sinflarga boʻlinadi: sterinlar, oʻtsafro kislotalari, steriod gormonlar (androgen gormonlar, androgenlar, kortikosteroidlar, estrogen gormonlar), yurakfaol steroidlari, yurak glikozidlari, bufogeninlar, steroid sapogeninlar (saponinlar) va steroid alkaloidlar. Tabiiy Sdan tashqari, koʻp sonli "sintetik S." ham olingan. S. tibbiyotda koʻplab ishlatiladi, kimyoda ahamiyati muhim.