Kontent qismiga oʻtish

Oʻktam Luqmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻktam Ahmadjonovna Luqmonova
Tavalludi 28-yanvar 1941-yil
Vafoti 15-dekabr 2007-yil(2007-12-15)
(66 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik instituti
Kasbi aktrisa
Mukofotlari

Oʻktam Ahmadjonovna Luqmonova (1941-yil 28-yanvar — 2007-yil 15-dekabr) — sovet va oʻzbek aktrisasi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist.

1962-yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1962—1964-yillarda Toshkentning Hamza nomidagi teatrda aktrisa boʻlib ishlagan. 1964-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshida dublyaj aktrisasi sifatida faoliyat yuritgan[1][2].

  1. „Уктам Лукманова“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 27-iyul 2024-yil.
  2. „Лукманова Уктам Ахмеджанова“. kino-cccp.net. Qaraldi: 27-iyul 2024-yil.