Oʻchoq (yulduz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻchoq (lot.) — osmon gumbazining Janubiy yarim sharidagi eng yorqin yulduz (nomi shundan). Koʻrinadigan (vizual) yulduz kattaligi 3,9. Oʻzbekiston hududida kuzda yaxshi koʻrinadi.

OʻSH — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining shahar, viloyat markazi. Qirgʻizistonda Bishkek shahridan keyin 2sanoat markazi. Oqbura daryosi Olay tizmasidan Fargʻona vodiysiga oqib chiqadigan joyda. Transport yoʻli stansiyasi. Bishkek, Xorugʻ, Andijon, Qizilqiya shahri lari oʻrtasidagi avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 208,5 ming kishi (1999). Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, miloddan avvalgi 4—3-asrlarda vujudga kelgan. 9— 10-asrlarda Oʻ. Somoniylar davlati tarkibida boʻlib, kattaligi jihatidan Fargʻona vodiysida 3shahar hisoblangan. Bu davrda shahar shahriston, ark, rabotdan iborat boʻlgan. Hokim saroyi va devonxona ark ichida joylashgan. Oʻ. atrofi baland qalʼa devori bilan oʻralib, uning chekkasi Sulaymon togʻigacha yetgan. Shaharning 3 ta darvozasi boʻlgan: Koʻh, Ob, Mugʻkada. Jome masjidi bozor hududida joylashgan. Oʻ orqali Movarounnahrdan Xitoy va Hindistonga savdo yoʻli oʻtgan. 10 — 12-asrlarda Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 13-asrda moʻgʻullar istilosi natijasida xarobaga aylangan va 14-asrga kelib Amir Temur tomonidan qayta tiklandi. Oʻ. toʻgʻrisida "Boburnoma" kitobida ham maʼlumotlar berilgan. 18-asr da Oʻ. Qoʻqon xonligi tarkibida boʻldi va ilgarigidek muhim savdo markazi boʻlib qoldi. 1876 yil xonlik barham topgach, Rossiyaning Oʻrta Osiyo mustamlakasi tarkibida boʻlib keldi.

Shaharda viloyat sanoat mahsulotining 1/3 qismi ishlab chiqariladi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — yengil sanoat. Oʻrta Osiyoda eng yirik toʻqimachilik ktlaridan biri, ipakchilik kti, paxta tozalash zavodi, tikuvchilik, poyabzal f-kasi bor. Oziqovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan (non mahsulotlari, goʻshtkonserva, sut, mevasabzavot, meva vinosi ktlari, araq zavodi bor). Mashinasozlik va metallsozlik sanoati (nasos, avtomobil taʼmirlash) korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari kti, asfaltbeton, temirbeton buyumlari, gʻisht zdlari, mebel f-kasi bor. Issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Aeroport, turistik baza ishlab turibdi. Oʻ. da pedagogika instituti, telemarkaz, oʻzbek akademik drama teatri, tarixmadaniyat muzeyqoʻriqxonasi mavjud. Oʻ. — Bishkek, Oʻ. — Xorugʻ avtomagistrallari qurilgan. Shahar hududida 30 ga yaqin tarix va madaniyat yodgorliklari joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan: Yusuf Boyxoʻja oʻgʻli masjidi (20-asr boshlari), Asaf ibn Burxiya maqbarasi (17 — 18 a.lar) va boshqalar saqlanib qolgan.