Oliy Majlis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`zbekiston Oliy Majlisidan yoʻnaltirildi)
Stamps of Uzbekistan, 2009-16.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi maqomi[tahrir]

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati — besh yil.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi[tahrir]

Manzil: 700035, Toshkent sh.,
              Bunyodkor shoh ko'chasi, 1 uy
Telefon: devonxona - 139-87-07
Veb sayt: parliament.gov.uz

Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko’rsatishiga asoslanadi.

Oliy Majlis Senati[tahrir]

Manzil: 100087, Toshkent sh.,
              Mustaqillik maydoni, 6 uy
Telefon: 238-26-96
Veb sayti: senat.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat a’zolari (senatorlar) Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi. Senatning o’n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qo’mitalari majlislariga to’planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka ko’ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo’l qo’yilmaydi.

Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari[tahrir]

Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish; 2) O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish; 3) O’zbekiston Respublikasining referendumini o’tkazish to’g’risida va uni o’tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; 4) O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 5) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O’zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash; 6) O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish; 8) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish; 9) O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, chegaralarini o’zgartirish; 10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o’zgartirish; 11) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish; 12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish; 13) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 14) O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 15) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari nomzodlarini ko’rib chiqish va tasdiqlash. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi; 16) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili va uning o’rinbosarini saylash; 17) O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko’rib chiqish; 18) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug’ilganda urush holati e’lon qilish to’g’risidagi farmonini tasdiqlash; 19) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 20) O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikasiya va denonsasiya qilish to’g’risida qaror qabul qilish; 21) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatda ko’rib chiqiladi.

Qonunchilik palatasining mutloq vakolatlari[tahrir]

Qonunchilik palatasining mutloq vakolatlari jumlasiga: 1) Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash; 2) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; 3) Reglamentni hamda o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish; 4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish kiradi.

Senatning mutlaq vakolatlari[tahrir]

Senatning mutlaq vakolatlari jumlasiga: 1) Senat Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislarini va ularning o’rinbosarlarini saylash; 2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash; 3) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash; 4) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudini saylash; 5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 6) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 7) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 8) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 9) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; 10) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish; 11) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; 12) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; 13) Reglamentni hamda o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish; 14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish kiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan mansabdor shaxslarni Senat tomonidan saylash, tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.

O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisigа sаylоvlаr[tahrir]

Оliy Mаjlisgа sаylоvlаrni tаyyorlаsh vа o`tkаzish tаrtibi O`zbеkistоn Rеspublikаsining «O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisigа sаylоvlаr to`g`risidа»gi Qоnunigа vа shungа аsоslаnib rеspublikаdа chiqаrilаdigаn qоnuniy аktlаrgа qаrаb аniqlаnаdi.

Havolalar[tahrir]

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.