O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O'zbekiston nadavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
Qisqartma O'zNNTMA
Turi Nodavlat notijorat tashkiloti
Ishga tushgan sanasi 2005 yil
Joylashuvi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko'chasi, 1-A uy
Hududiy xizmati O'zbekiston
Direktori Iishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich
Vebsayti ngo.uz
Til(lar)i o'zbek, rus

O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi - nodavlat notijorat tashkilotlarni birlashtiradigan, ularni qo'llab-quvvatlaydigan assotsiatsiya.

TARIXI[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005 yilda - 150 ta yetakchi fuqarolik jamiyati institutlari tashabbusi bilan tashkil topgan.

VAZIFASI[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Ustaviga ko'ra quyidagi vazifalar belgilangan:

• Erkin va ochiq, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, modernizatsiya va isloh qilish, demokratik kadriyatlarni fuqarolar ongida mustahkamlash va ularning huquq va erkinliklarini himoyalashda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirish, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotdagi faolligini oshirish, oʼz aʼzolariga Ustavda koʼrsatilgan maqsadlarini bajarishlarida yordam berish, shu orqali davlat va jamiyat hayotida nodavlat notijorat tashkilotlari mavqeini yanada oshirish;

• nodavlat notijorat tashkilotlari kuchlarini birlashtirish va ular oʼrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, ularning ishonchli va xaqqoniy axborotga boʼlgan ehtiyojlarini taʼminlashda qatnashish;

• nodavlat notijorat tashkilotlarining intellektual, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslarini eng zarur va ahamiyatli dastur va loyihalarni bajarishga safarbar etish;

• davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan teng huquqli ikki tomonlama va oʼzaro manfaatli muloqot orqali nodavlat notijorat tashkilotlarning jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifoda etishdagi ishtirokini taʼminlash; • davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoat nazoratini taʼminlash;

• nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan oʼzaro munosabatlar oʼrnatishning samarali tizimlarini ishlab chiqish, ularni hokimiyat va boshqaruvga aloqador boʼlgan turli axborot va maʼlumotlar, ilmiy-metodik qoʼllanmalar bilan taʼminlash;

• mamlakat aholisini, shuningdek, chet el jamoatchiligini, respublikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotida sodir boʼlayotgan oʼzgarishlar toʼgʼrisida xabardor qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirok etishini ragʼbatlantirib turish, oʼzaro tushunish va bagʼrikenglikni qoʼllab-quvvatlash;

• Аssotsiatsiyaga aʼzo boʼlgan nodavlat notijorat tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yordamlashish, ular boshqaruvida zamonaviy va yangi texnologiyalarni joriy etish, ularni moddiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash;

• nodavlat notijorat tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlar malakasini oshirish, ularni zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan taʼminlashga koʼmaklashish, xodimlarni har tomonlama ijtimoiy muhofaza qilishda faol ishtirok etish;

• oʼz aʼzolarini zaruriy axborot bilan taʼminlash maqsadida axborot resurs bazasini yaratish;

• oʼz aʼzolarining manfaatlarini ifoda etish, ularni himoya qilish.

FAOLIYATI[tahrir | manbasini tahrirlash]

o'quv
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqaruvi” yoʻnalishida malaka oshirish NNT rahbarlari soni 300 nafarga yetdi

Ayni paytda OʻzNNTMAning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyatda hududiy boʻlinmalari mavjud boʻlib, joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

- Assotsiatsiyaga aʼzo NNTlar soni 1800 dan oshdi.

- 2023 yilda 522 ta NNTga grant loyihalarini yozish va tanlovlarda ishtirok etish boʻyicha amaliy hamda uslubiy koʻmak berildi. Natijada ularning 144 tasi mahalliy, 25 tasi xalqaro grantlar gʻolibi boʻldi.

- OʻzNNTMA vakillari davlat tashkiloti (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi) jamoatchilik kengashlari tarkibiga kiritildi.

- Assotsiatsiyaning xorijiy hamkorlari - Winrock international (AQSH), USAID (AQSh), ACTED (Fransiya), GIZ (Germaniya), Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasi (DVV), Search for Common Grounds (AQSH), “Региональный диалог”, Qozogʻiston Fuqarolik Alyansi tashkilotlari.